Portugaliya bosh murabbiyi: "O'zbekistonga nisbatan hurmatimiz yuqori"
06 dek 2025 10:21
Yangiliklar
Portugaliya bosh murabbiyi: "O'zbekistonga nisbatan hurmatimiz yuqori"
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 qura natijalari haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya "K" guruhida Kolumbiya, O'zbekiston va pley-off g'olibi bilan kuch sinashadi.
"Endilikda qura natijalariga ko'ra tayyorgarlikni boshlashimiz mumkin. Biz o'z guruhimizdan mamnunmiz, chunki qura bizga birinchi o'yinni 17-iyunda o'tkazish imkonini beradi. Bu esa tayyorgarligimizga aniq yo'nalish beradi. Dastlab pley-off bosqichidan o'tgan jamoaga qarshi o'ynaymiz, shuning uchun raqibimiz qaysi mamlakat bo'lishini hozircha bilmaymiz. Biroq Kolumbiya va O'zbekistonga nisbatan hurmatimiz yuqori. Ular jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rgan va jiddiy raqobatchi bo'lgan jamoalardir", dedi 52 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Идеал дебют: Кэррикнинг илк ўйинида "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"га ҳеч қандай имконият қолдирмади
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar
O’zbekiston? Endi eshitishim bu terma haqida degan bo’larding.
Demak Kannavaro aqlli tanlov bo’lgan .
Shomadan gol kutamiz inshaalloh o’sha kuni!
Lekin, siz oʻzbeklar shu saytda qoʻshni mamlakatlik muhlislarni koʻp bora haqorat qilgansizlar...
Sizlarni ham sizning mamlakat futboli ishqibozlarini hurmat qilishga chaqiraman