So’nggi yangiliklar

02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  33 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  29 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  14 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1

Davron Fayziev: "Singapurni autsayderlar qatoriga qo'shishingiz mumkin, ammo..." Yangiliklar

Davron Fayziev: "Singapurni autsayderlar qatoriga qo'shishingiz mumkin, ammo..."

Taniqli sharhlovchi, O'FA matbuot va media departamenti rahbari Davron Fayziev Singapurga qarshi bahsdan oldin ushbu uchrashuv haqida saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'zbekiston terma jamoasini qiyin bahs kutib turibdi. Birinchi turdagi mag'lubiyat sabab endi ochko yo'qotmaslik kerak. Singapurga qarshi bahs qanday kechadi deb o'ylayapsiz?

- Birinchi navbatda xohlardimiki, futbolchilar 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng xuddi Yamanga qarshi bahs bo'lmagandek, avvalgi kayfiyat bilan maydonga tushishsin. CHunki Singapur avvallari kuchli jamoa bo'lmagani sabab futbolchilarni biroz chalg'itib qo'yishi mumkin, biroq Vadim Abramovning kuchli jihatini hamma yaxshi biladi. U futbolchilarning ruxiyatiga kuchli tasir ko'rsatadi. Singapurni autsayderlar qatoriga qo'shishingiz mumkin, ammo aslida jamoa normal darajada o'ynayapti. Vadim Abramov yigitlarni ruxan to'g'ri yondoshtira olishi kerak.

- Singapur dastlabki ikkita turda 2tadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Raqibning o'yini haqida nima deya olasiz?

- Ularning o'yinini chuqur tahlil qilib bera olmayman, chunki Singapurning bahslarini muntazam tomosha qilayotganim yo'q. Buning ustiga bitta-ikkita o'yindan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Bu avvalgi Singapur emas. Aslida mamlakatning o'ziga nazar tashlasak, ular maksimal darajada yuqoriga intilishmoqda. Texnologiya, intizom, zamonaviylik... Xuddi shu narsani futbolda ko'ryapmiz. Yangicha yondashuv, zamonaviy jamoa. To'g'ri bu erda talantlar ko'p emas, biroq ular yon-atrofdagi iqtidorlarni izlab topib, tarbiyalashmoqda. Hozirgi kunda jamoa zamonaviy va tartibli ko'rinishga kelgan. Biroq O'zbekiston daraja jihatdan kuchli va navbatdagi bahsda shu darajani ko'rsatib berishi kerak.

- O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoa uchun charter reys tashkil qildi. Bundan naf bormi?

- Agarda shu charter reys bo'lmaganda Singapurga 7 soatda emas, taxminan 13-14 soatda etib kelgan bo'lardik. Tiklanish va shunga o'xshash jarayonlar qiyin kechgan bo'lardi. CHarterda esa futbolchilar dam olib, uxlab, erkin kelishmoqda.

- Abramov haqida to'xtalsak. Uning uslubini tajovuzkor deya olasizmi?

- Tajovuzkormasku... Tajovuzkor deganda ko'z oldimga "Atletiko" keladi. Umuman bo'shliq qoldirmaydigan, keskin o'ynaydigan jamoa. "Siti"? "SHaharliklar"ni faqat hujumda tajovuzkor deyish mumkin, biroq inglizlar va Abramov jamoasi Madrid klubi kabi suyakka-suyak o'ynamaydi. "Atletiko" pressing va to'pni egallashda ham juda faol. 

- O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari bilan birga Singapurga uchyapsiz. Yigitlarning kayfiyati haqida nima deya olasiz?

- Kayfiyat tushkun emas, biroq xaddan tashqari ishonch ham zararga ishlashi mumkin. Umid qilamanki bu narsa yo'q. Vadim Abramov bu haqida matbuot anjumanida gapirgan edi. Futbolchilarga ham aytganiga ishonchim komil. Singapur Yamanga nisbatan tartibliroq, buning ustiga tropik iqlimda o'ynaladi. Bu jamoaga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak.

- So'nggi savol. Samolyotda uchishdan qo'rqasizmi. Hozirgina kamarni taqib olganingizga shu savolni berishga qaror qildim.

- SHunchaki kamar taqish kerakligini ko'rsatuvchi chiroq yondi (kulib). Men ham Singapur kabi tartibli bo'lishga harakat qilyapman, buning ustiga qo'nish vaqti bo'ldi. Bu paytda kamarlarni taqish lozim. Umuman olganda samolyotdan umuman qo'rqmaydigan insonni uchratmaganmanu, qo'rqish darajam boshqalarnikidan baland emas deya olaman. Xotirjamman.

Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика