So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  10 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Davron Fayziev: "Murabbiylik borasidagi bor bilimim va tajribamni ishga solayapman " Yangiliklar

Davron Fayziev: "Murabbiylik borasidagi bor bilimim va tajribamni ishga solayapman "

Coca-Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biron gap aytishim qiyin, chunki asabiy xolatdaman. Qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ldi. Faqat gol yo'q. Tan olish kerak, oxirgi 10 daqiqalikda AGMK jamoasi zaxira futbolchilari evaziga ustunlikka ega bo'lishdi. Biz astoydil harakat qilayapmiz. Hozirda jamoamiz uchun har bir ochko oltinga teng bo'lib bormoqda. Murabbiy sifatida bor bilimim, bor tajribamni ishga solayapman. Bu bizning qatorasiga 7-durang natijamiz hisoblanadi. Buncha durangdan 4 ta g'alaba yaxshiroq edi. Bu futbol va unda har qanday xolatga tayyor turish kerak. Bugun Yosovich va Toshmirzaevlar kartochkalar tufayli o'yinni o'tkazib yuborishdi. Zaxiramiz ham kuchli emas edi. Har qanday jamoaga qarshi o'ynash mumkinligini bugun yigitlar ko'rsatib berishdi. Vaziyatlarimiz raqibdan ko'proq bo'ldi. Gol urmaganimiz uchun durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman.

- Yosovich, Merzyakov, Hojimirzaev va Toshmirzaevlar safga qaytsa, jamoa hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishi mumkinmi?

- Merzlyakov 10 kundan buyon mashg'ulotlarga kirishdi. Ammo, hali to'liq tayyor emas. Toshmirzaev va Yosovichlarda jarohat yo'q, ular kartochkalar tufayli o'yinni o'tkazib yuborishdi. Hojimirzaev jarohatdan 2 ta turdan so'ng qaytadi. Komilov va Normatovlar shu kabi o'yinlarda o'sishga erishadi.

- Andrey Sidorovni sal avvalroq maydonga tushirish mumkinmidi?

- AGMKga qarshi o'yinda bir himoyachini olib hujumchini tushirish juda katta tavakkal bo'lardi. AGMK 4-3-3 sxemada o'ynadi. Gol ursak, yutib ketishimiz ham mumkin edi. Hozir turnir jadvalida xavfli o'rinda turibmiz, yigitlarga ishonman, biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz. "Bo'ridan qo'rqqan o'rmonga bormaydi", biz oxirigacha kurashamiz.

- Azizxon Erkinov bugun Superligada debyut qildi. U ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz?

- Azizni maydonga olib Javohirni tushirdim. Baribir sezildi, unda hayajon bor edi. Sardor Etovqo'zievda ham shunaqa xolat. Bizda iqtidorli yoshlar bor.

- Jamoangiz futbolchilari ko'p xolatlarda o'yindan tashqari xolatlarda qolib ketishdi...

- Meni talabim hujumchilar oldingi chiziqda to'p so'rashlari kerak. Bunda futbolchi vaziyatni ham baholashi kerak bo'ladi. O'yindan tashqari xolatda emasmi, yoki to'pni ololmay qolsa qarshi hujum xavfi yuzaga kelib qolmaydimi, mana shularga etibor qaratishi lozim. Lekin bugungi raqibimiz safida tajribali futbolchilar bor edi, bunaqa o'yinlar oson bo'lmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика