So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Davron Fayziev: "Mag'lubiyatni tan olish mardlarning ishi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Mag'lubiyatni tan olish mardlarning ishi"

Superliganing 15-turi doirasida "Lokomotiv" - "Dinamo" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. "Lokomotiv"dan qo'rqib o'ynaganimiz yo'q. Menimcha yaratilgan vaziyatlar borasida biz raqibdan ustunroq bo'ldik ham. Ikkinchi bo'limning o'zini olsak, "Lokomotiv"dan ko'ra ko'proq hujum qildik. Agarda biz vaziyatlarimizdan foydalanganimizda o'yin taqdiri boshqacharoq kechardi. Ammo mag'lubiyatni tan olish - mardlarning ishi. Har bir murabbiyning o'yinlarda o'ziga hos etirozlari bo'ladi. 1:0 va 2:0ning farqi yo'q. Yigitlarga so'nggi daqiqalarda bosim qilishini talab qildim. Balki gol urib, hisobni tenglashtirishimiz mumkin ham edi. Yigitlar o'tgan o'yinga qaraganda yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi. Agarda "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda ham shunday ishtiyoq bilan o'ynashganida natija boshqacharoq bo'lardi. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri. Yigitlarda xayajon bo'lishi tabiiy. Ishlashda davom etamiz.

- Birinchi davrada jamoa "Lokomotiv"ni yutgandi. Bugungi o'yindagi mag'lubiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- "Lokomotiv" Samarqandda bundan-da yaxshiroq o'ynagandi. Balki bugun "Loko" g'alabaga qattiq ishonishgani sababli shunday o'yin ko'rsatishgandi. O'shandagi o'yinda esa ular menda yaxshiroq taasurotlar qoldirishgandi. Yigitlarga o'yin Toshkentda bo'lishi tasir o'tkazgandi. Ammo hech kim xatodan kafolatlanmagan.

- "Dinamo" Superligada ketma-ket uch o'yinda mag'lub bo'ldi. Bu futbolchilarga tasir o'tkazmaydimi?
- Albatta, tasir qiladi. O'yindan keyin yigitlarga shuni aytib o'tdim. Ruxiy tushkunlikka tushish kerak emas. Bu futbol, yutgan tomonning raqibi mag'lub bo'ladi. Bizda shunday davrlar bo'ldiki, qatorasiga 7-8 o'yinda yutqazmadik. Endi biz uydagi o'yinlarda ko'proq ochko olishga harakat qilamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика