So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  11 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Davron Fayziev: “Ishlashda, harakat qilishda davom etamiz” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Ishlashda, harakat qilishda davom etamiz”

Oliy liganing 15-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi “Buxoro”ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan so'ng “So'g'diyona” bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumaniga qatnashdi.

- Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni ulug' bayramimiz Hayit bayrami bilan tabriklayman. Hammaning xonadoniga sog'lik-salomatlik,xotirjamlik. Yurtimiz doimo  tinch bo'lsin.

Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, bahs qiziqarli bo'ldi. Biz yaratilgan imkoniyatdan foydalana olmadik. Bu degani biz jamoaga yaxshi xujumchi qidirishimiz kerak. Birinchi davrani yaxshi tugatmadik. Ikkinchi davrada qanday o'zgarish bo'ladi bilmadim. Bu haqida rahbariyat bilan bir qarorga kelamiz. O'zgarish bo'lishi aniq. Futbolchilarda ham,o'zimizning ish uslubimizda ham albatta o'zgarish bo'ladi. Yigitlar bugun borini berib o'ynashdi. Faqat ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Ikkinchi davra biz uchun og'ir kechadi. Turnir jadvalidagi o'rinlar buni aytib turibdi va biz ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Jamoadan kimlar ketadi,kimlar qoladi man buni oldindan ayta olmayman. Tarkibga yangi futbolchilar kelib qo'shilishi aniq. Hayot davom etadi. Biz faqat oldinga yuramiz. Mag'lubiyatdan so'ng bundan fojea yasash yoki tushkunlikka tushish noto'g'ri. Hozir futbolchilarni qo'llab-quvvatlash kerak bo'lgan vaqtimiz. Biz birinchi davrani bunday tugashini xohlamagandik. Yaxshi kayfiyatda tugatmoqchi edik. Aksi bo'lib chiqdi. Ishlashda,harakat qilishda davom etamiz, - deydi Fayziev.

“So'g'diyona” matbuot xizmati
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика