So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

Davron CHoriev: "Osiyo chempionatida bosh maqsad faqat chempionlik" Yangiliklar

Davron CHoriev: "Osiyo chempionatida bosh maqsad faqat chempionlik"

O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinchisi Davron CHoriev bugun bo'lib o'tgan Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yin kutilmagan bo'ldi. Iroq terma jamoasini bundanda yaxshiroq qarshilik ko'rsatishini kutgandim. Bizda barchasi o'xshadi. Murabbiylarni ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik, deb o'ylayman. Xato va kamchiliklar yo'q emas. Ularning ustida ishlaymiz. Navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Davron CHoriev.

- Iroq o'yinini yaxshilaganmi? 

- Men ko'rgan oxirgi ko'rgan Iroq terma jamoasi kuchli edi. Raqib so'nggi daqiqalarda katta kuch bilan hujumga o'tdi. Tarkibimizda yoshlar ham to'p tepganini aytish joiz.

- Malum vaqt terma jamoada ko'rinmadingiz. Ayni paytda holatingiz  qanday?

- Jarohatimni davoladim. Jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratamiz. 

- Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ispaniyalik murabbiy keldi. Sizningcha bu kech emasmi?

- Kech ham, vaqtli ham emas. Xudo xohlasa Osiyo chempionatida bu murabbiyning foydasi tegishiga ishonaman. Musobaqada bosh maqsad faqat chempionlik. 

Jahongir Fayzullaev suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика