Davor SHuker: Eriksen yo'q joydan imkoniyat yaratishi mumkin, ammo men Xorvatiyaga ishonaman
28 iyu 2018 09:39
Yangiliklar
Davor SHuker: Eriksen yo'q joydan imkoniyat yaratishi mumkin, ammo men Xorvatiyaga ishonaman
Xorvatiya termasi sobiq futbolchisi ayni vaqtda mamlakat futbol ittifoqi prezidenti bo'lgan Davor SHuker 1/8 final uchrashuvi haqida gapirdi.
“Murakkab guruhda maksimal natija ko'rsatib, 1-o'rinni egallaganimizdan xursandman. Agar imkoniyatlar haqida gapiradigan bo'lsak, pley-offda hammasi — 50 ga 50. Bizni o'ta qiyin uchrashuv kutmoqda. Daniyaliklarda yo'q joyda imkoniyat yarata oladigan Kristian Eriksen hamda o'ta kuchli darvozabon Kasper SHmeyxel bor. Biz esa o'zimizning jamoaviy ruhimiz bilan kuchlimiz. Men yigitlarimizga ishonaman va olg'a yuramiz, deb umid qilaman”,—dedi SHuker.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar