Himoya chizig'ida "katta tozalash": "Inter" faxriylar bilan xayrlashishga tayyor
10 okt 13:16
Yangiliklar
Himoya chizig'ida "katta tozalash": "Inter" faxriylar bilan xayrlashishga tayyor
Jurnalist Paskuale Guarroning so'zlariga ko'ra, klub 2026 yilning yozida 3 nafar yoshi katta himoyachi bilan xayrlashmoqchi: Franchesko Acherbi (37 yosh), Matteo Darmian (35) va Stefan de Vrey (33). Uchchalasining ham shartnomalari yakuniga yaqinlashib qoldi va klub ularni uzaytirmoqchi emas.
"Neradzurri" rahbariyati asosiy etiborni tarkibni yoshartirishga qaratmoqda. Kristian Kivu mavsum oralig'ida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga ketgan Simone Inzagi o'rniga jamoani qabul qilib oldi.
Ayni vaqtda A Seriyadagi 6 o'yindan so'ng "Inter" 12 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Hammasi shuni ko'rsatadiki, Kivu jamoani kelajakni ko'zlagan holda qurishni rejalashtirmoqda, himoyadagi yangi qon butun loyihani yangilashda birinchi qadam bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar