Coca-Cola va Liga hamkorligi keyingi ikki yilda ham davom etadi
18 jan 2024 12:21
Yangiliklar
Coca-Cola va Liga hamkorligi keyingi ikki yilda ham davom etadi
Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
"Tomonlar ikki yilga mo'ljallangan yangi kelishuvga erishdi.
Biz Coca-Cola brendi bilan 2019 yilgi mavsumdan buyon hamkorlik qilib kelamiz. So'nggi besh mavsum davomida Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD Liganing ikki asosiy musobaqasiga homiylik qildi. Endilikda kompaniya nafaqat professional futbol, balki shu orqali ommaviy futbol rivojiga ham hissa qo'shishni niyat qilgan. Buning fonida havaskorlar o'rtasida ham qator musobaqalar tashkil etiladi. SHuningdek, Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD O'zbekiston kubogi musobaqasining titul homiysi bo'lishda davom etadi.
Coca-Cola bilan hamkorlikda O'zbekiston kubogi Liga tomonidan yangi bosqichga olib chiqildi. Aynan shu hamkorlik samarasi o'laroq, O'zbekiston kubogining final uchrashuvlari mezboni 2020 yildan boshlab shaffof qura orqali aniqlab kelinmoqda. O'z navbatida final uchrashuvlari viloyatlarda yuqori kayfiyat va bayramona ruhda o'tkazib kelinmoqda", - deyiladi liga bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar