CHeran yana qaysi chempionat to'purari bo'lgan?
13 noy 2022 14:10
Yangiliklar
CHeran yana qaysi chempionat to'purari bo'lgan?
Mavsum davomida 20 ta gol urgan "Paxtakor" azosi Dragan CHeran ketma-ket to'rtinchi yil Superliga to'purariga aylandi va O'zbekiston chempionatida eng ko'p to'purar bo'lish bo'yicha mutlaq rekordchi bo'lib oldi.

Bundan tashqari, serbiyalik futbolchi Ozarbayjon chempionatida ham to'purarlik maqomiga sazovor bo'lgan. 2013-2015 yillarda "Semurg'" jamoasi sharafini himoya qilgan CHeran 2014/15 yilgi mavsumda 15 ta gol urib, "Boku" klubi azosi Nurlan Navro'zov bilan birgalikda mamlakat to'purariga aylangan.

Biroq Georgiy CHixradze qo'l ostidagi jamoa mavsumda sovrindorlar qatoridan joy egallay olmaydi va 5-o'rinni egallaydi.

Dragan ikki mavsum davomida Ozarbayjon Premer-ligasi va kubogi doirasida jami 62 o'yinda maydonga tushib, raqib darvozasini 31 bor ishg'ol qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar