CHempionlar ligasida VAR tizimi bo'lmaydi
28 avg 2018 18:09
Yangiliklar
CHempionlar ligasida VAR tizimi bo'lmaydi
UEFA prezidenti Aleksandr CHeferin CHempionlar ligasi 1/4 final bosqichidan boshlab VAR tizimi qo'llanilishi haqidagi malumotga izoh berdi.
"Bunday malumot qaerdan paydo bo'lganini bilmayman, biz VAR tizimidan foydalanmoqchi emasmiz. To'g'risini aytsam, uning foydasiga hali ham ishonmayapman. Bazi narsalarni aniqlashtirib olish lozim. Masalan, bahsli vaziyatni kim ko'rishi kerak - videoassistentmi yoki bosh hakam? Muxlislar buni tushunishmayapti, jurnalistlar ham shunday. Referilar nimani ko'rayotgani va ko'ra olmayotgani tushunarsiz.
Bir kun kelib VAR tizimidan foydalanishimizni yaxshi bilamiz, ammo buni hammasi tayyorligida qilish kerak. Tizim har tomonlama tayyor bo'lishi lozim. CHunki CHempionlar ligasi oddiy turnir emas, unda butun Evropa ishtirok etadi" - deydi CHeferin.
Fikrlar