"Nottingem Forest" "Arsenal" futbolchisini ijaraga oldi
02 sen 14:56
Yangiliklar
"Nottingem Forest" "Arsenal" futbolchisini ijaraga oldi
Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko "Arsenal"ni tark etib, bir yillik ijara asosida "Nottingem Forest"ga o'tdi.
Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Zinchenko 2022 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga o'tgan. U "kanonirlar" safida 3 mavsum davomida jami 91 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 15 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Zinchenko joriy chempionatda hali maydonga tushmagandi. Uning bozor narxi 28 mln evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar