So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  13 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  6 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

"CHelsi"ning yangi murabbiyi tarkib bilan hayron qoldirdi. Endi CHLda guruhdan chiqish yanada qiyinroq bo'ladi Yangiliklar

"CHelsi"ning yangi murabbiyi tarkib bilan hayron qoldirdi. Endi CHLda guruhdan chiqish yanada qiyinroq bo'ladi

Jamoa ko'p to'pga egalik qildi, ammo buning samaradorligi kam bo'ldi.


"RB Zalcburg"ga qarshi o'yinda ochkolar yo'qotildi.


Grem Potter ushbu o'yinga qadar top-klubni boshqarmagan. Ammo, uning "Brayton"i katta jamoalardek o'ynashga harakat qildi — pressing bilan va to'pga ko'p egalik qilish bilan. "CHelsi" ham ilk daqiqalardan shunday futbolchi ko'rsatdi. Bir tarafdan, dastlabki 40 daqiqada zarbalar bo'yicha ko'rsatkich "CHelsi" tomonida edi — 8:0. Boshqa tomondan, butun birinchi taymdagi aniq zarbalar farqi 1:0 edi, ha, "Zalcburg" hisobiga.


Chelsea

Raheem Sterling - 48'

Champions League Grp. E . 2-tur

15/09/2022, 01:00

1
:
1
Tugadi

Salzburg

Noah Okafor - 75'

Stadion: Stamford Bridge, 38818 tomoshabin

Bosh hakam: Ivan Kruzliak

45'
90'
48'  Raheem Sterling
48'  Mason Mount
66'  Pierre-Emerick Aubameyang (Armando Broja)
66'  Kai Havertz (Ruben Loftus-Cheek)
79'  Reece James
81'  Mateo Kovacic (Conor Gallagher)
81'  Cesar Azpilicueta (Hakim Ziyech)
84'  Raheem Sterling (Christian Pulisic)
46'  Maurits Kjaergaard (Lucas Gourna-Douath)
70'  Benjamin Sesko (Chukwubuike Adamu)
70'  Luka Sucic (Dijon Kameri)
75'  Noah Okafor
75'  Chukwubuike Adamu
76'  Chukwubuike Adamu
77'  Strahinja Pavlovic
78'  Andreas Ulmer
85'  Noah Okafor (Sekou Koita)
89'  Nicolas Capaldo


"CHelsi"ning tajozuvkor o'yini sxema bilan ham bog'liq edi. Potter kutilmaganda mudofaada ikkita markaziy himoyachi bilan o'ynashga qaror qildi. Tuxel qo'l ostidagi "CHelsi" va Potterning "Brayton"ida uchtalik markaziy himoyachi sxemasi ustunlik qilardi.


Aytgancha, markaziy himoyachilar tanlovi ham ko'pchilikni ajablantirdi. Barqaror Tyago Silva (u kelasi haftada 38 yoshni qarshi oladi) bilan yangi o'yinchilar bo'lmish Kulibali yoki Fofana emas, Aspilikueta chiqdi. Markaziy himoyachilarning o'rtacha yoshi 35lar atrofida edi.



Aytish mumkinki, birinchi bo'limning eng qiziqarli lahzasi bosh hakamning uskunalar bilan "vaqtni olishi" bo'ldi (u uch daqiqadan ko'proq vaqt davomida mikrofonga nima bo'lganini aniqlashga urindi), ammo birinchi taym so'nggida ancha bahsli vaziyat sodir bo'ldi. Kovachich jarima maydonchasi ichiga kirdi va to'p raqib qo'liga tegdi. "CHelsi" o'yinchilari penalti talab qilishdi, ammo hakam "yo'q" dedi. Ammo, tanaffusdan so'ng gol urishdi.


"CHelsi" bir necha paslar bilan o'z jarima maydonlaridan raqibnikiga o'tib ketishdi, Sterling esa dastlab to'pni o'ziga o'nglab oldi va ikkinchi teginish bilan uzoq burchakka uni aniq yo'naltirdi. Maunt katta ehtimol bilan aynan Sterlingga pas bermagandi, ammo deyarli assist ro'y berdi. Ammo, assist to'pga bazo'r tekkan Obameyang hisobiga yozildi.


VIDEO  ECHL. "CHelsi" - "Zalcburg" 1:1


"CHelsi" goldan so'ng ustunlikni berishni xohlamadi. Jamoa o'yin davomida 72% to'pga egalik qildi. Ammo, "Zalcburg" tezkor hujumga o'tib ketdi, bu vaqtda Kovachich to'qnashuvdan so'ng raqib yarim maydonida yotgan edi. Ammo, Okaforning yakunlovchi zarbasini murabbiy markazga qo'ygan Aspilikueta yopa olmadi. Mendining jarohati sabab darvozaga qo'yilgan Kepada qutqarish uchun imkoniyat kam edi.



SHunday qilib "CHelsi" CHempionlar Ligasini ikkita o'yindagi bir ochko va "E" guruhidagi so'nggi o'rin bilan boshlamoqda. 



"CHelsi" (Angliya) – "Red Bull" (Avstriya) 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 48 Sterling, 1:1 – 75 Okafor.

"CHelsi": Arrisabalaga, Djeyms, Aspilikueta (Ziesh, 81), Tiago Silva, Kukurelya, Kovachich (Gallaxer, 81), Jorjino, Maunt, Xavertc (Loftus-CHik, 66), Obameyang (Broya, 66), Sterling (Pulishich, 84).

"Red Bull": Ken, Dedich, Bernardo, Pavlovich, Ulmer, Zayvald, Suchich (Kameri, 70), Kapaldo, Kergor (Gurna-Duat, 46), Okafor (Koyta, 85), SHeshko (Adamu, 70).

Ogohlantirishlar: Adamu (76), Pavlovich (77), Ulmer (77), Djeyms (79), Kapaldo (89).



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика