"CHelsi" "Real" xavbekini safiga qo'shib olmoqchi
21 fev 2024 16:20
Yangiliklar
"CHelsi" "Real" xavbekini safiga qo'shib olmoqchi
"Ko'klar" Federiko Valverde borasida muzokaralar olib boradi.
Angliyaning "CHelsi" klubi Ispaniyaning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverdeni xarid qilmoqchi, deya xabar berdi "Futbol de Inglaterra".

Xabar qilinishicha, "ko'klar" 25 yoshli urugvaylik futbolchi uchun muzokaralar o'tkazadi, biroq klub prezidenti Florentino Peres avvalroq Valverde sotilmasligini aytgan edi. Bundan tashqari, yarim himoyachi bo'lajak "Real" loyihasining etakchilaridan biri hisoblanadi.
Federiko Valverde joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar