So’nggi yangiliklar

11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  3 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  9 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi Yangiliklar

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Yangi boshlanajak Superligani saytimiz orqali ancha keng qamrovda va o'zgacha uslubda yoritib borishni rejalashtirganmiz.

Superliga o'yinlarini ko'pchilik katta qiziqish bilan kutmoqda. “CA” ham o'zgacha ko'rinishdagi chempionatni yangicha formatda keng yoritishni maqsad qilgan. Yangi mavsumdan etiboran har bir turdagi eng yaxshilarni aniqlashga alohida etibor qaratiladi.

Endilikda 12 jamoa qatnashadigan yangicha formatdagi chempionatni har bir turida “Championat.asia” sayti 12ta nominaciya bo'yicha g'oliblarni aniqlashni joriy qiladi.

1. Tur ramziy terma jamoasi
Izoh: Tur davomida yaxshi o'ynagan 11 nafar futbolchi o'z poziciyalari bo'yicha joylashtirib chiqiladi. Bu erda asosan foydali ish koefficientidan kelib chiqib futbolchilar ramziy jamoaga kiritiladi.


2. Turning eng yaxshi futbolchisi 
Izoh: Turda eng yaxshi o'ynagan va o'yin natijasiga tasir ko'rsata olgan futbolchi o'zaro so'rovnomaga ko'ra aniqlanadi.


3. Tur murabbiyi 
Izoh: Murabbiy imzosi yaqqol ko'ringan o'yin va jamoasi muvaffaqiyat qozongan murabbiy o'zaro so'rovnomaga ko'ra aniqlanadi. Uchrashuv qiymati qanchalik ahamiyat kasb etishi va jamoa statusi ham inobatga olinadi.


4. Turning eng chiroyli goli
Izoh:  O'zaro so'rovnomaga ko'ra eng chiroyli gol aniqlanadi.


5. Tur o'yini
Izoh: Eng qiziqarli, voqealarga boy va ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan uchrashuv tur o'yini deb topiladi. Bu nominaciyani aniqlashda ko'plab mezonlar inobatga olinadi.


6. Tur matbuot xizmati
Izoh: Klub rasmiy saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi sahfalarida uchrashuvni keng yoritgan klub matbuot xizmati eng yaxshi deb topiladi. Bu erda avvalo operativlik, kerativlik hamda o'yinoldi va uchrashuvdan keyingi tadbirlarni qanchalik keng yoritilgani inobatga olinadi. SHu mezonlar bo'yicha eng faol va chaqqon ishlagan klub matbuot xizmati eng yaxshiga aylanishi mumkin. (Video, foto, afisha, poster, promo-rolik, anons, prevyu, flesh-intervyu, statistika va hokazo)


7. Tur hakami
Izoh: Yangi mavsumdan boshlab hakamlarga qo'yiladigan ballar rasman elon qilinmaydi. Biz esa har bir turda eng yaxshi hakamni aniqlashni joriy qilmoqchimiz. Bunda avvalo o'yin natijasiga tasir qiladigan kichik yoki qo'pol xatolarga yo'l qo'ymagan hamda o'yinga ko'p ham aralashib yubormagan hakam tanlanadi.


8. Tur iqtibosi
Izoh: Har bir tur oldidan yoki o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida futbolchi va murabbiylar tomonidan bildiriladigan tesha tegmagan fikrlarning eng sarasi tanlab olinadi.


9. Tur darvozaboni
Izoh: Turning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasida g'olib bo'lishga asosan maydonda harakat qiladigan futbolchilarning imkoniyatlari yuqori sanaladi. SHu boisdan biz turning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasini alohida joriy etishni rejalashtirdik. Darvozabonlar o'zga olam. Har bir turdan keyin eng yaxshi darvozabon nominaciyasida o'zaro so'rovnomaga ko'ra g'olib aniqlanadi.


10.Tur muxlislari
Izoh: Uchrashuv davomida va o'yindan keyin natijadan qati nazar jamoasini eng yaxshi qo'llab-quvvatlagan, bahs davomida tinimsiz olqishlab, stadionni larzaga keltira olgan muxlislar ushbu nominaciyada g'olib chiqadi.


11.Tur fotosi
Izoh: Eng kreativ va noyob rasm tanlab olinadi. Ushbu nominaciyada nafaqat “CA” fotomuxbiri olgan surat, balki klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etiladigan foto ham ishtirok etadi.


12.Turning eng zerikarli o'yini
Izoh: Turning eng zerikarli uchrashuvi aniqlanadi.

Reyting: +130   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика