"Barselona" prezidenti: "Klub yozda boshqa futbolchi olmaydi"
26 iyu 10:19
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti: "Klub yozda boshqa futbolchi olmaydi"
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning joriy yozgi mavsum oralig'idagi transfer kampaniyasi haqida gapirib, yangi xaridlar bilan bog'liq vaziyatni malum qildi.
"Umuman olganda, bu yozda yangi xaridlar bo'lmaydi. Bizda yaxshi tarkib bor va murabbiy [Xans-Diter Flik] asosiy tarkibni zaxiradagi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi, shuning uchun hozircha yangi bitimlarni kutmayapmiz", - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "ko'k-anorranglilar" "Manchester Yunayted"dan 27 yoshli angliyalik vingeri Markus Rashfordni, "Espanol"dan 24 yoshli ispaniyalik darvozabon Joan Garsiyani 25 mln evroga, "Kopengagen"dan 19 yoshli shveciyalik vinger Runi Bardjini 2,5 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar