"Real" Vinisiusni sotmoqchi (Defensa Central)
26 iyu 09:57
Yangiliklar
"Real" Vinisiusni sotmoqchi (Defensa Central)
Madridning "Real" klubi rahbariyati 2026 yilda 25 yoshli braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni sotib yuborish variantini ko'rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Defensa Central.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" 2027 yilning iyunida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida forvard bilan kelisha olmayapti. Qayd etilishicha, Vinisius uning maoshini Kilian Mbappening daromadlari darajasigacha oshirishni talab qilmoqda, klub esa bunday shartlarga rozi bo'lishga tayyor emas. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, "Qirollik klubi" braziliyalikni 2026 yildan kechiktirmay sotib yuborishga harakat qiladi.
2025 yilning yozida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Vinisius oltita o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar