"Nyukasl" Isakni sotmoqchi emas
26 iyu 00:14
Yangiliklar


"Nyukasl" Isakni sotmoqchi emas
"Nyukasl" futbolchisi Aleksander Isakning klubdagi kelajagini klubning saudiyalik egalari hal qilishi kutilmoqda.
"The Telegraph" malumotiga ko'ra, forvardning sotilishi borasidagi yakuniy qaror klubni moliyalashtiradigan Saudiya Arabistoni investicion fondi egalari va boshqaruv vakili Yasir al-Rumayyanga qoldirilgan.
Garchi ketish istagi bo'lsa-da, klubdagilar Isakni sotishni istamayapti. Shveciyalikni "Liverpul" o'z tarkibida ko'rishni xohlamoqda.
Al-Rumayyan odatda "Nyukasl"ning ichki ishlariga aralashmaydi. Lekin Isak borasidagi voqelikni aynan u boshqarib bormoqda.
Isak "Nyukasl" tarkibida umumiy hisobda 109 o'yinda qatnashib, 62 gol va 11 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar