"Buxoro" ikki transferni amalga oshirdi
04 jan 2023 17:50
Yangiliklar
Gap Humoyunmirzo Iminov hamda Abbos Otaxonov haqida bormoqda.
"O'tgan mavsumning ikkinchi davradasidan jamoa safiga qo'shilgan "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi bo'lmish Humoyunmirzo Iminov yangi mavsumni "Buxoro" jamoasida o'tkazadi. Mahoratli yarim himoyachi o'tgan mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va albatta o'yin uslubi bilan muxlislar qalbidan joy oldi.
SHuningdek, "Buxoro" tajribali himoyachi Abbos Otaxonov bilan ham shartnoma imzoladi. O'tgan mavsum "Metallurg" safida to'p tepgan Otaxonov jami 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishdi", – deyiladi jamoa matbuot xizmati bergan xabarda.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" kecha Toshkentda yig'inga kirishgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar