So’nggi yangiliklar

21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  1 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон ва Қатар кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  12 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  12 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  502 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  3 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6

Butun dunyoga mashhur Panini "nakleyka"lari haqida siz bilmagan ajoyib malumotlar Yangiliklar

Butun dunyoga mashhur Panini "nakleyka"lari haqida siz bilmagan ajoyib malumotlar

Hozirda kompaniya yiliga 650 mln funtdan ko'proq daromad topadi.

Odatiy holat: har qanday yirik futbol turniri boshlanishidan avval Panini futbolchilar surati aks etgan albom chiqaradi. Natijada muxlislar yoppasiga markalarni sotib olishga kirishadilar: ortiqchasi bian sotib olish, keraksizlarini sotish, do'stlari bilan almashish va hokazolar ko'payadi.

Panini — oilaviy biznes. Italiyalik aka-ukalar shunchaki kollekciyalar qatori yangilash maqsadida ushbu kompaniyani ochishga qaror qiladilar. Ularga omad kulib boqdi va kompaniyani jahon giganti darajasiga olib chiqdilar.


Barchasi bir necha kartalarni sotishdan boshlangan edi. Bugungi kunda esa FIFA va UEFA bilan shartnomalari bor

Voqealar rivoji 1960 yildan boshlandi. O'shanda aka-uka Juzeppe va Benito Panini futbolga qanchalik muxlis bo'lsalar, markalar to'plashga ham shunchalik qiziqishardi. Aka-uka Paninilar butun Italiya, keyin esa Ispaniya, Franciya, Belgiya va Germaniya bo'ylab sayohat qilishganida, o'sha mamlakat futbol markalarini sotib olmasdan ortga qaytishmas edi. Biroq bazi vaqtlarda markalar ularning g'azabini keltirardi. Sababi ular yaxshi yopishmas va juda kichkina bo'lardi. Ular negadir "nakleyka"larni saqlash uchun katta va qalin albomlardan foydalanishardi — bu juda noqulay edi.

Ularga oz miqdordagi kapital meros qilib qoldirildi. SHuning uchun, ular katta foyda keltirmaydigan to'plamlarni sotib olishgan, ularni bozorda ajoyib tarzda reklama qilishgan va ustiga ozgina narx qo'shib sotishgan. 1960 yilda ularning qo'liga futbol kartochkalari kelib tushdi — Milanning bir bosmaxonasi naqd 3ta partiyasini sotib oladi, ammo ularning barchasini sota olmadi — aka-ukalar qolgani olib ketishadi. Odatiy talab bo'yicha, ularni bir necha kun ichida sotib bo'lishardi. O'sha vaqtdan boshlab, bu kartochkalarni Milanga emas, Modenaga olib borishdi. O'sha erda "nakleyka"larga bo'lgan talab juda yuqori edi.

Keyinroq aka-uka Paninilar kartochkalarni bunday tez sotishlari siri nimada ekanini oshkor qildilar: Modenada ularning 2ta matbuot do'konlari bor ekan. U erda sport gazetalarini sotib olgan xaridorlorga kartochkalar taklif qilishgan — shu yo'l bilan mashhurlikka erishganlar.

Markalarni sotib olish asta-sekin ommalashdi. So'ng aka-ukalar kichik futbol kollekciyasidan iborat kartochkalar ishlab chiqarish haqida o'ylay boshladilar. Avvaliga ular qulay bo'lgan albom chiqarishni yo'lga qo'ydilar. Dastlab ular albomni qo'lda chizishdi va uni bosmaxonaga olib borishdi. Bu g'oyani Modena va unga yaqin tumanlarda yashovchi aholi qo'llab-quvvatladi. Panini oilasi bu ishga astoydil bel bog'ladi va bir necha yillik biznes-reja tuzib chiqdi. Oila 1960 yildan boshlab u yiliga bittadan albom chop eta boshladi.


Ilk Panini albomlari haqida bir necha faktlar:

1. Birinchi albom A Seriyaga atalgan edi. Uning muqovasida "Milan" hujumchisi Nils Lidxolm surati chop etilgan. Dastlabki yilda Panini ning 15 million kartochka nusxasi chop etildi. Ularni sotishdan tushgan umumiy daromad 10 million dollarga etdi.

2. Avvaliga ular kartalardan iborat albom bo'lgan, yani kollekciyachilar ularni mustaqil ravishda o'zlari yopishtirib chiqishlari lozim edi. "Nakleyka"lar bilan bo'lgan birinchi albom 1971 yilda ommaga taqdim etildi.

3. "Inter" himoyachisi va sardori Bruno Bolchining rasmi "nakleyka" sifatida chiqarilgan ilk surat bo'ldi.

4. Juzeppe Panini krossvordlarni juda ham yaxshi ko'rardi — u "Rycar" taxallusi ostida bir nechta italyan jurnallariga o'zi tuzgan krossvordlarni taqdim etib borardi. Panini dagi rycar logotipi shu tariqa paydo bo'lgan.


Aka-uka Paninilar doimo oilaviy biznes yarata olganliklari bilan faxrlanardilar. Kompaniya tashkil topganidan uch yil o'tib, Juzeppe va Benito Paniniga ularning yana ikki ukasi Umberto va Franko qo'shiladi. Yana ikki yildan so'ng, kompaniyaning buxgalteriya bo'limida ularning ikki singlisi ishlay boshladi. Ona ham chetda qolib ketgani yo'q, bir qancha vaqt mobaynida farzandlariga moliyaviy yordam berib turdi.


1970 yilgacha faqatgina Italiya hududidagilar Panini "nakleyka"lariga ishqiboz bo'lgan. JCH-1970dan keyin (Panini ishtirok etgan ilk xalqaro turnir) o'z albomlarini butun dunyo bo'ylab tarqatishga muvaffaq bo'ldi. Yagona salbiy tomoni: o'sha albomni Buyuk Britaniyada sotishmagan. Panini shu qadar tez mashhur bo'lib ketdi-ki, natijada ingliz matbuoti kompaniyadan ular uchun maxsus markalar (har paketda 5tadan) tayyorlab berishlarini iltimos qildi.

The Sun nashri malumotlariga qaraganda, Panini yiliga o'z biznesi ortidan 650 million funtdan ko'proq daromad olar ekan. Hattoki, raqamli platformalarga o'tish ham ularga salbiy tasir ko'rsatolmadi. Darhaqiqat, Panini nakleykalari turli yosh vakillari orasida ham juda mashhur. Video-o'yin ishlab chiqaruvchilar ham buni yaxshi qabul qildilar. O'yinlardagi ilk "nakleyka"lar Evro-2008da paydo bo'ldi. U erda siz maxsus rejimda g'alaba qozonib, albom to'plashingiz lozim edi. Hozirgi kunda bu kabi narsalarni FIFAdagi "Ultimate Team" rejimi taqdim etadi — malum o'yinchilarni virtual valyuta evaziga sotib olib, jamoa yig'sangiz bas, marra sizniki.


Panini kompaniyasi sportning barcha turlarini o'z ichiga qamrab oldi, ammo faqat shu soha bilan cheklanib qolgani yo'q

Panini avvaliga faqat Italiya chempionatiga atab markalar chiqargan, keyin esa FIFA va UEFA bilan hamkorlikka erishgan. Bu esa kompaniya xalqaro va milliy chempionatlarning barchasiga kirib borishi uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi.

Kollekciya qiluvchilar orasidagi eng mashhur albom — CHempiolnlar Ligasi to'plamidir. Mahalliy ligaga bag'ishlangan albomlarni boshqa mamlakatlarda kamdan-kam uchratish mumkin. SHu sababli, Panini bunday to'plamlarni faqatgina alohida chempionat o'tkaziladigan mamlakat uchun maxsus chop etadi. Panini — bu faqat futbol emas. O'tgan asrda kompaniya MBA, MXL, MFL o'yinchilari suratini ham chop etgan, hattoki, yoshlar chempionatiga bag'ishlangan to'plamlar ham bo'lgandi.

2020 yilga kelib Panini 120dan ortiq mamlakatda o'z ofislarini ochishga muvaffaq bo'ldi. Bugungi kunda umumiy 1200 dan ortiq xodim ushbu kompaniyada faoliyat yuritadi. Panini asta-sekinlik bilan boshqa sohalarga ham kirib bormoqda — hozirda Disney multfilm qahramonlari, Marvel filmlari, Fortnite o'yini personajlari va hokazolardan iborat to'plamlar yaratgan.


Odamlar to'liq albomlarning taxminiy narxini hisoblab chiqdilar, algoritm tuzdilar va etmayotgan suratlar uchun dunyo kezishga ham tayyor bo'ldilar

So'zimiz isboti sifatida quyidagi voqealarni etiboringizga taqdim etamiz:

• Britaniyalik muxlis Doron Klemer 1986 yildan barcha yirik xalqaro musobaqalarga bora boshladi. JCH-1986dan oldin boshqalar bilan "nakleyka" almashish uchun Lissabon tomon yo'l oldi va ikki hafta vaqtini vokzalda o'tkazdi.

• Berlin universiteti professori Erxard Berens barchasini hisoblab, algoritm tuzib chiqdi: Panini ning har qanday futbol to'plamini to'liq yig'ish uchun 961 paket "nakleyka"lar sotib olish lozim ekan (har paket uchun 70 centdan hisoblaganda, taxminan 672 evro).

• Braunshveyg universiteti dasturchisi Malte Braband kollekcionerlarga Panini saytidan butun albomlarni 278 evro evaziga sotib olish mumkinligini aytgandi.

• Oksfordning ikki talabasi albom chizishgan (sababi "nakleyka" uchun ortiqcha pul sarflashni istashmagan). Britaniyalik jurnalistlar bu voqeani piar qilib yuborishgan. SHundan so'ng, "Manchester Yunayted" ularga o'z o'yinchilari suratini chizishni taqiqlagan — bu imkoniyat faqat mualliflik huquqi egalariga tegishlidir.

P.S: Siz ham Panini "nakleyka"larini yig'ishni yoqtirasizmi?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика