Buskets: "Real" juda yaxshi formada, ular ochko yo'qotishi dargumon"
01 iyu 2020 13:00
Yangiliklar
Buskets: "Real" juda yaxshi formada, ular ochko yo'qotishi dargumon"
|
Barcelona Diego Costa - 11', Lionel Messi - 50' |
LaLiga . 33-tur 01/07/2020, 02:00 2
:
2
Tugadi
|
Atletico Madrid Saul Niguez - 19', Saul Niguez - 62' |
Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Alejandro Hernandez
Ana shu bahsdan so'ng kataloniyaliklar yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Bu durang sovrin uchun kurashish imkoniyatimizni murakkablashtiradi. CHempionlik uchun juda katta imkon berib qo'ydik. Hozircha bizda matematik imkoniyatlar saqlanib qolgan, biz kurashamiz. Lekin, endi qiyin bo'lishini tushunamiz.
Bizni ikkita penalti bilan jazolashdi. Hayot oddiy emas. Istalgan jamoa VAR ularning foydasiga qaror chiqarishiga umid qiladi. Men bu qarorlarni baholay olmayman.
Mavsum restartidan keyin ochkolar yo'qotyapmiz. Agar "Real" o'z o'yinini yutsa, biz yanada ortda qolib ketamiz. Lekin, g'olib bo'lish uchun kurashishda davom etishimiz zarur. "Real"ning ochko yo'qotish ehtimoli juda ham kam, chunki ular juda yaxshi formada", - dedi Buskets.

Eslatib o'tamiz, "Real" ayni paytda "Barselona"ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda va zaxirasida bitta o'yin bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar