So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

"Bunyodkor" ustozi, xet-trik qayd etgan CHeran - Superligada 21-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Bunyodkor" ustozi, xet-trik qayd etgan CHeran - Superligada 21-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 21-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi darvozaboni – Artyom Potapov ("Surxon")

"Surxon" bu tur Superliganing bu yilgi chempionligi uchun asosiy davogar "Nasaf" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. "Surxon" "Nasaf"ni muhim ikki ochkodan mosuvo qildi. Bunga asosiy sababchilardan biri surxonliklar darvozaboni Artyom Potapov edi. Aynan Potapovning ajoyib seyvlari sabab "Surxon" Qarshidan bir ochko bilan qaytdi. SHu tariqa Potapov turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

Ushbu turda Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan ikki jamoa "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'zaro o'ta muhim o'yinda maydonga tushishgandi. "Olti ochko"lik bu uchrashuvda Ilyos Zeytullaev qo'l ostidagi "Bunyodkor" mag'lub bo'la turib, yakunda muhim g'alabani o'ziniki qildi. Ushbu g'alabada murabbiyning topqirligini etirof etmasdan bo'lmaydi. Hisobda ortda borayotgan "Bunyodkor" ustozi Ilyos Zeytullaev ikkinchi bo'lim boshida Ahmadillo Muqimjonov va Luich Kachorrilarni maydonga tushirdi. Yakunda aynan shu ikki futbolchi bittadan gol kiritib, "Bunyodkor"ga g'alaba taqdim etishdi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi futbolchisi – Dragan CHeran ("Paxtakor")

"Paxtakor" va "Dinamo" 21-tur o'yinini qolganlardan ancha avval, yani 6 oktyabr kuni o'tkazishgandi. Ushbu uchrashuvda o'yin masalasini Dragan CHeranning uchta goli hal qildi. Samarqandliklarga qarshi xet-trik qayd etgan CHeran Superligadagi gollari sonini 13 taga etkazib, to'purarlar ro'yxatida ham yaqqol etakchiga aylangandi. SHu tariqa Dragan CHeran tur futbolchisi sifatida etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 21-turning eng chiroyli goli muallifi – Andriya Filipovich (Temurxo'ja Abduhiloqovdan zargarona pas) ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" futbolchisi Andriya Filipovich "Lokomotiv" darvozasiga chiroyli gol urdi. Bu golning chiroyli chiqishiga nafaqat Filipovich, balki Temurxo'ja Abduholiqov ham katta hissa qo'shdi. "Loko"ning bir necha futbolchilari ichidan to'pni Temurxo'jaga oshirgan Filipovich oldinga o'tdi, Abduholiqov esa tovoni bilan ajoyib uslubda to'pni Andriyaga qaytardi. Filipovich esa yakuniy zarbani ajoyib tarzda yo'lladi va gol urdi. Ushbu gol Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 21-turning eng chiroyli goli deb topildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика