So’nggi yangiliklar

02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  4 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  134 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  1 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3

"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Segey Lushchan: "16 yoshidayoq Abduqodir Husanovning uzoqqa borishi malum edi" Yangiliklar

"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Segey Lushchan: "16 yoshidayoq Abduqodir Husanovning uzoqqa borishi malum edi"

Kuni kecha Championat.Asia ofisiga "Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushchan keldi.

Quyida uning Belarusda so'nggi uch yil davomida ishlagani haqida intervyudan bir parchani taqdim etamiz.

— So'nggi bir necha yillarda qaerda edingiz, nima bilan shug'ullandingiz?

— So'nggi uch yil davomida Belarusda ishladim: ikki yil "SHaxtyor-Soligorsk" klubi akademiyasida, o'tgan yili esa birinchi ligadagi Petrikov shahrining "SHaxtyor" farm klubida. Unda 16dan 18 yoshgacha bo'lgan yosh futbolchilar bilan ishladim. Oldimizga yoshlarni tayyorlashdan boshqa vazifa qo'yishmadi. Ularni rivojlantirishga harakat qildik. "SHaxtyor-Soligorsk"da muammo bor edi: ikki yil oldingi chempionlikni olib qo'yishdi va o'tgan yili 30 ochkodan mahrum qilishdi. Barcha chet elliklar ketishdi, shu sabab o'z o'yinchilarimizni tarbiyalashdan boshqa hech narsa qolmadi.

— O'zbekiston futboli ishqibozlari bazida boshqa chempionatlarni Superliga bilan solishtirishni yaxshi ko'rishadi, birinchi navbatda MDHdan. Superliga qaysi jihatlar bo'yicha Belarus Oliy ligasidan kuchli-yu, aksincha qaysi jihatlarda kuchayish kerak?

— U erda boshqacha futbol, ko'proq "kuchga urg'u berilgan". O'zbekistonda baribir ko'proq texnikali futbol, tezlik yuqori. Belarusda "vertikal" o'ynashadi, kurash ko'p.
MDHdagi barcha chempionatlarning top-3 klublarida kuch taxminan bir xil deb hisoblayman. Pul bor, yuqori darajadagi futbolchilarni chaqira olishadi. Ikki yil oldin chempion bo'lgan paytida "SHaxtyor-Soligorsk"da juda yaxshi o'yinchilar bor edi. Minskning "Dinamo"sida ham shunday — Belarus futbolining bayroqdori, katta tarixga ega klub. Farq faqatgina o'yin uslubida.

O'zbekistonda so'nggi yillardagi asosiy klub — "Paxtakor". Agar uni "SHaxtyor-Soligorsk" bilan taqqoslasak, albatta, "Paxtakor" baribir kuchli. Umuman olganda, O'zbekiston chempionati Belarus Oliy ligasidan ko'ra yuqoriroq darajada.

— Nega o'zbekistonlik futbolchilar Belarusda yaxshi o'ynab ketishadi?
— Masalan, Husanov va Abdixoliqov to'g'ri murabbiy, aniqrog'i Anatoliy Ivanovich Yurevichning qo'liga tushishgan. Yaxshi mutaxassis, men ham aynan uning oldiga bordim: bir oy atrofidagi muddatda jamoa bilan bo'ldim, mashg'ulotlar jarayonini kuzatdim va juda qiziqarli bo'ldi. Yurevich berayotgan yuklamani O'zbekistondagi hamma ham ko'tara olmaydi. Ammo, bularning barchasi o'ylangan, u kimga qanday yuklama berishni tushunadi.
SHu sabab yigitlar kuchayadi. Menimcha, aynan Husanov bilan Belarusga uchganman. 16 yoshli yigitcha, unga barcha yuklamani berish mumkinmasligi tushunarli holat. Husanovni ikki yildan so'ng ko'rganimda bu shunchaki "bomba" bo'lgandi. U shundoq ham yaxshi edi, shunchaki jismoniy taraflama qo'shgandi. 16 yoshidayoq Abduqodir Husanovning uzoqqa borishi malum edi.

— O'zbek futbolchilariga Belarus klubiga o'tishni taklif qilishmoqda deylik. U erga yo'l olishni tavsiya qilarmidingiz?

— Oldinroq aytganimdek, barchasi aynan qaerga borishga bog'liq. Bir necha mutaxassislar borki, ularning ishi menga qiziq. Masalan, Yurevich bo'lsa, unda 100% borish kerak. Bu natija bo'lishining kafolatidir.

— Belarusda nimalarni sog'indingiz va O'zbekistonga qaytgandan so'ng Belarusdagi nimalar etmayapti?

— Oshxonaga kelsak, albatta sog'indim. U erda o'zbek kafelari va restoranlari bor, asosan o'sha erdan ovqatlandik. Osh, non – bular etarli darajada mazali edi, ammo O'zbekistonda yanada mazaliroq. Bu erda nimani sog'inayotganimga kelsak – bu Belarus tabiati. U erda ekologiya alo darajada, menimcha shu sabab ham u erda o'yinchilar qo'shishadi. Bu erda esa katta yuklamalarni ko'tarish qiyin.

Sergey Luchshan bilan intervyuning to'liq versiyasi tez orada YouTube'dagi kanalimizda chiqadi. Bu intervyudan quyidagilarni bilib olasiz:

• Nega Doston Hamdamov chet el chempionatlarida o'ynab keta olmaydi;
• "Bunyodkor"ning muvaffaqiyatsizliklarida faqatgina Ivan Bubalo aybdormi;
• Luchshanga Superligadagi qaysi murabbiyning ishi ko'proq yoqadi;
• yoshlar bilan ishlash osonroqmi yoki tajribali futbolchilar bilan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика