So’nggi yangiliklar

13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  0 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  5 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  6 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  9 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  3 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  4 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  17 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  4 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  17 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  8 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  5 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2

"Bunyodkor": Futbolchimizning holati barqaror Yangiliklar

"Bunyodkor": Futbolchimizning holati barqaror

Teglar :  "Bunyodkor"
Kuni kecha "Bunyodkor" jamoasidagi futbolchilardan biri koronavirusga gumon qilinganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun klub rasmiy saytida bu haqida aniq malumot berildi. 

"9 iyul kuni jamoamiz azosining harorati ko'tarilishi natijasida uning virus yuqtirib olgan-olmaganligi bo'yicha savollar paydo bo'ldi. SHu bois harorati ko'tarilgan futbolchimiz alohida tartibda nazoratga olindi, shuningdek, nafaqat u balki jamoamizning boshqa o'yinchilari ham tegishli tartibda test topshirdi. 

«Bunyodkor» bugun Coca Cola Superliganing 9-tur doirasidagi uchrashuvni o'tkazish uchun Buxoroga jo'nab ketishi kerak edi. Malumki, Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko'ra, mamlakatimiz bo'ylab harakat qiluvchi temiryo'l va aviaqatnovlar to'xtatilgan. SHuning uchun jamoamiz Buxoroga avtobusda yo'l olishni rejalashtirgandi. Biroq jamoamiz rahbariyati hamda murabbiylar shtabi futbolchilarimiz topshirgan test natijalarining javobi malum bo'lguniga qadar tavakkal qilishni istamadi va O'zbekiston Professional futbol ligasiga murojaat bilan chiqib, «Bunyodkor» - «Buxoro» uchrashuvini boshqa muddatga ko'chirilishini so'radi. O'z navbatida PFL jamoamiz murojaatiga ijobiy javob qaytarib, o'yin boshqa muddatda bo'lib o'tishini tasdiqladi. 

Bugun «Bunyodkor» o'quv mashg'ulot bazasiga Toshkent shahar CHilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining infekcionist shifokorlari tashrif buyurib, alohida tartibda nazoratda bo'lib turgan futbolchimizni yana bir bor ko'rikdan o'tkazishdi. Kuzatuv natijalariga ko'ra, o'yinchimizning bugungi holati barqaror, xavotir oladigan jihat yo'q. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, futbolchimiz 4-5 kunda o'zining avvalgi holatiga qaytadi.

Takidlaganimizdek, jamoamizning barcha futbolchilari virus uchun test namunalarini topshirgan. 1-2 kun ichida natijalar malum bo'ladi. Natijalar biz uchun ijobiy bo'ladi, degan umiddamiz. SHunday bo'lsa Superliganing 10-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» - «Metallurg» uchrashuvi o'z vaqtida o'tkaziladi",- deya xabar beradi "Bunyodkor" matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика