So’nggi yangiliklar

08:55Нима? Анчелотти айни вақтда Европанинг энг кучли жамоаси номини маълум қилди  1 08:27Луис Энрике:"Менга одамларнинг нима деб гапирётганини фарқи йўқ"  0 07:58Ироқни ЖЧ интерконтинентал плей-офф учрашувлари учун қайдномаси маълум. Рўйхатдан "Пахтакор" футболчиси бор  1 07:30Анчелотти нима учун Неймарн март ойидаги йиғинга чақирмаганини тушунтирди  0 01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  11 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  12 00:12Неймар Бразилия терма жамоасининг қайдномасига киритилмади  8 00:04"Агар атайлаб урганимда, у ўрнидан тура олмасди!" Рюдигер рақибининг жағига берган зарбаси ҳақида  18 23:30Барча 18 жамоа чемпион бўлиши... ёки қуйи лигага тушиб кетиши мумкин бўлган Польша лигасига хуш келибсиз  0 23:00"Чўққида!" Винисиус Жуниор "Оскар" ютган Майкл Б. Жорданни қутлади  1 22:18Рой Кин МЮни огоҳлантирди: "Кэррик "иблислар" учун эмас, тайёр 3 та супер номзод бор!"  15 22:00Абрамовичнинг найранглари панд берди: "Челси" рекорд жарима ва трансфер тақиқига учради  4 21:23Гвардиола: "Реал" ҳам кўп ютқазган"  16 20:38Болбойни йиқитган Нету жазодан қутулиб қолди  0 20:32Анчелотти "Реал"даги муаммолар ҳақида: "Мбаппенинг келиши Кроос ва Начонинг кетишига тўғри келди, ўзгаришлар доим ҳам силлиқ кечмайди"  2

"Bunyodkor" FK Koreyaning "Suwan TPL" kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi Yangiliklar

"Bunyodkor" FK Koreyaning "Suwan TPL" kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

19 sentyabr kuni, "Bunyodkor" futbol klubi ofisiga Janubiy Koreyaning reytingi eng baland shirkatlari sirasiga kiruvchi "Suwan TPL" kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad, "Bunyodkor" FK va "Suwan TPL" kompaniyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'ldi. Uchrashuvda "Bunyodkor" futbol klubi rahbariyati, "Suwan TPL" kompaniyasi prezidenti Indi Jang, uning yordamchisi Teddi Kim va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekistonda farmacevtika tarmog'ini rivojlantirish Agentligi direktori Sardor Kariev ishtirok etdilar. 

Uchrashuv avvalida tomonlar farmakologiya va vitaminizaciya masalasi bo'yicha «Bunyodkor» jamoasiga etkazib berilayotgan vitaminlarning sifatini yanada oshirish, Janubiy Koreya klublarida yo'lga qo'yilgan darajaga chiqarishni muhokama qilishdi. SHunga ko'ra, bundan keyin "Bunyodkor" futbol klubi Janubiy Koreya jamoalari darajasidagi vitaminizaciya bilan taminlanishiga kelishib olindi.


"Suwan TPL" kompaniyasi - O'zbekistonga Koreya Respublikasidan xorijiy investiciyalar olib kirish bilan shug'ullanadi. Mamlakatimiz biznes bozoriga birinchi marta qadam qo'yadigan Janubiy Koreya kompaniyalariga konsalting bo'yicha ko'mak ko'rsatadi. Yani "Suwan TPL" O'zbekiston iqtisodiyotida hozirgi davrda eng dolzarb bo'lib turgan masala, yurtboshimiz tomonidan alohida ustuvorlik bilan olib borilayotgan siyosat – chet eldan mamlakatimizga investiciyalar olib kirish sohasida O'zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarida bugunda birinchi raqamli kompaniya bo'lib turibdi. Etiborli jihati, kechagi uchrashuv chog'ida "Suwan TPL" kompaniyasi bilan yaqin kelajakda "Bunyodkor"ga ikki tomonlama manfaatli bo'lgan, tijorat yo'nalishidagi koreys hamkorlarni topib berish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishildi.

Mehmonlarga "Bunyodkor" futbol klubi haqida to'liq malumot beruvchi videoprezentaciya taqdim etildi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlar stadion muzeyiga tashrif buyurishdi, "Bunyodkor" futbol klubi akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, asosiy jamoaning mashg'ulotini kuzatishdi.


"Umid qilamizki, ushbu uchrashuv "Bunyodkor" futbol klubi tarixida yangi bosqichni ochib beradi va yaqin kelajakda Janubiy Koreya kompaniyalari bilan ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanib, klubimiz o'z faoliyatini kengaytiradi hamda zamonaviy darajaga ko'tarilib boradi", - dedi mehmonlarning tashrifiga minnatdorchilik bildirar ekan "Bunyodkor" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика