So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Bugungi kunning eng yaxshi 50 nafar yosh futbolchisi Yangiliklar

Bugungi kunning eng yaxshi 50 nafar yosh futbolchisi

Bugungi kunda maydonda o'z iqtidorini namoyish eta olayotgan hamda kelajakda katta umidlar bildirilayotgan 50 nafar yosh iqtidor sohibi bilan tanishamiz.

50. Eshli Fillips ("Blekbern Rovers"), 17 yosh (chapaqay). "Blekbern Rovers" himoyasidagi etakchilardan biri.

49. CHarli Setford ("Ayaks"), 17 yosh. "Ayaks" akademiyasining eng katta iqtidorlaridan biri.

48. Takuyo Nakai (Pipi), 19 yoshli yaponiyalik futbolchi Osiyo futbolining kelajagi porloq futbolchilaridan biri sifatida qaralmoqda.

47. Arnau Martines ("Jirona"), 19 yoshli himoyachi joriy mavsum La Liganing kashfiyotlaridan biriga aylandi.

46. SHola SHoretir ("Manchester Yunayted"), 18 yosh. "Yunayted" tarixida evrokuboklarda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sanaladi. SHola Evropa ligasi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi bahsda debyut qilgandi.

45. Mateus Nasimento (Botafogo), 18 yosh. Braziliya futbolining qimmatbaho javohirlaridan biri. Ushbu markaziy hujumchiga "Real" qiziqish bildirmoqda.

44. Jeymi Bayno-Gittens (Borussiya Dortmund). 18 yoshli angliyalik vinger Dortmundning "Borussiya" klubida to'p tepadi.

43. Xulio Ensiso (Brayton), 18 yosh. U Migel Almiron bilan birga Premer-ligada to'p tepadigan ikki paragvaylik futbolchidan biri sanaladi.

42. Markinos ("Arsenal"), 19 yosh. "Arsenal"ning braziliyalik o'ng qanot vingeri.

41. Riko Lyuis ("Manchester Siti"), 18 yosh. “SHaharlik” yosh qanot himoyachisi ikkala qanotda ham o'ynay oladi.

40. Kobbi Maynu ("Manchester Yunayted"), kelib chiqishi ganalik bo'lgan ingliz yarim himoyachisi ikkala oyog'ida birday to'p tepa olishi ajralib turadi.

39. Vitor Roke ("Atletiko Paranaense"). 17 yoshli braziliyalik tug'ma hujumchi

38. Uilfrid Gnonto ("Lids Yunayted"). Italiyalik hujumchi 19 yoshidayoq “adzurrilar” safida maydonga tushishga ulgurdi.

37. Anjelo Gabriel (Santos), 17 yosh. "Santos"ning yana bir yosh braziliyalik hujumchisining o'yin uslubi texnik jihatdan "Real Madrid" futbolchisi Rodrigoga o'xshaydi.

36. Malo Gusto ("Lion"). 19 yosh, o'ng qanot himoyachisi, maydondagi harakatlari orqali o'zidan katta yoshlilar bilan bemalol bellasha oladi.

35. Markos Leonardo (Santos), 19 yosh. Braziliyalik markaziy hujumchi. "Santos"da uni "yangi Pele" deb atashadi.

34. Liam Delap ("Stok Siti"), 19 yosh. "Manchester Siti"ga tegishli markaziy hujumchi ijara asosida "Stok Siti"da to'p tepmoqda.

33. Fabio Miretti ("Yuventus"), 19 yosh. Yarim himoyachini afsonaviy Andrea Pirloga qiyoslash mumkin.

32. Rayan Ist (Lion). 19 yoshli Ist "Lion"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning o'yin uslubi Nabil Fekirni eslatib yuboradi.

31. David Kalokox ("Ayaks"). Uning bo'yi 1,86 metrni tashkil etadi va u endigina 17 yoshga to'lgan. “Ayaks” yoshlar akademiyasidan chiqqan bu yigitchaning havodagi kurashlarda imkoniyati yuqori.

30. Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal" U18), 16 yosh. Yigitcha shu yoshidayoq allaqachon "Arsenal"ning asosiy jamoasida maydonga tushishga ulgurdi.

29. Kastello Lukeba (Lion). "Lion"ning 19 yoshli orqa chiziq vakili yangi Umtiti sifatida qaralmoqda.

28. Muhammad Alli CHo (Real Sosedad), 18 yosh. La Ligadagi eng umidli yosh futbolchilardan biri.

27. Aleks Skott (Bristol Siti), "Bristol"ning 19 yoshga to'lgan kelajagi porloq sanalayotgan futbolchisi.

26. Pol Vanner ("Bavariya"), 17 yoshli yigitcha o'smirlik chog'idayoq CHempionlar ligasida debyut qilishga ulgurdi.

25. Jorjio Skalvini ("Atalanta"), 18 yoshli italiyalik yosh yarim himoyachi ajoyib o'yin uslubiga ega.

24. Itan Nvaneri ("Arsenal"). Ro'yxatdagi eng yosh futbolchi. Itan 15 yoshu 181 kunligida Premer-ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

23. Alexandro Balde (Barselona), 19 yoshli qanot himoyachisi Xavi boshqaruvidagi “Barselona” jamoasining asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish bilan bir qatorda Ispaniya terma jamoasi bilan Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham o'z o'rniga ega bo'ldi.

22. Ayman Karri (PSJ). 19 yoshli francuz yarim himoyachisi jismoniy holatining yuqoriligi bilan maydonda ajralib turadi.

21. Joao Velozu ("Benfika"), 17 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi terma jamoadagi yulduzlarga munosib o'rinbosar sifatida qaralmoqda.

20. Lukas Gurna-Duat ("RB Zalcburg"), 19 yoshli istiqboli porloq francuz yarim himoyachisi.

19. Florian Virc ("Bayer"), 19 yoshli yigitcha nemis futbolidagi eng umidli futbolchilardan biri hisoblanadi.

18. Xavi Simons (PSV Eyndxoven), 19 yoshli futbolchi Niderlandiya terma jamoasida o'ynashga ulgurgan eng umidli yoshlardan biri.

17. Andreas SHelderup (Nordsheland), katta jussaga ega 18 yoshli norvegiyalik yarim himoyachi.

16. Arda Gyuler ("Fenerbaxche"), 17 yoshli yigitcha turk futbolidagi eng istiqbolli futbolchilardan sanaladi.

15. Uorren Zair-Emeri (PSJ). PSJning yosh francuz yulduzi 16 yoshida Parij CHempionlar ligasida “Makkabi Xayfa”ga qarshi maydonga tushishga ham ulgurdi.

14. Matis Tel ("Bavariya"). 17 yoshli futbolchi allaqachon myunxenliklar safida gol urishga erishdi.

13. CHarli Patino (Blekpul), 19 yosh. Kelgusi o'n yillikning eng yaxshi ingliz yarim himoyachilaridan biri bo'lishi kutilayotgan futbolchilardan biri.

12. Garang Kuol ("Nyukasl Yunayted"), 16 yosh. Yosh yigitchaning kelajagini ko'ra bilgan "Nyukasl" futbolchini tarkibiga qo'shib oldi.

11. Antonio Silva (Benfika), 19 yosh. Portugaliyalik hujumchi navbatdagi Evropa chempionatida mamlakat terma jamoasining eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

10. Karni CHukvuemeka (CHelsi), 19 yosh. Ko'p qirrali yosh ingliz futbolchisi Grem Potter murabbiyligidagi "CHelsi" yarim himoyasida muhim o'yinchilardan biriga aylanmoqda.

9. Xarvi Elliot ("Liverpul"), U maydondagi o'ziga xos qobiliyati tufayli Klopp murabbiyligidagi jamoa tarkibidan o'rin egalladi.

8. Alexandro Garnacho ("Manchester Yunayted"), 18 yosh. Argentinalik iqtidor "Manchester Yunayted"da Krishtianu Ronalduning vorisi sifatida ko'rilmoqda.

7. Romeo Lavia (Sautgempton), 18 yoshli belgiyalik futbolchi jamoasining eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi.

6. Yusuf Mukoko ("Borussiya Dortmund"), 18 yosh. Dortmundliklar safidagi ilk golini 16 yoshida urgan hamda nemis futbolida kelajagiga katta ishonch bildirilayotgan o'yinchi.

5. Endrik ("Palmeyras" — "Real Madrid"). 16 yoshli braziliyalik futbolchi transferlar bozorida rosa talash bo'ldi va oxir-oqibat, u qaymoqrang libosni tanladi.

4. Gavi ("Barselona"), 18 yosh. Kataloniya klubining asosiy tarkib azosi Qatardagi jahon chempionatida gol urgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylandi.

3. Benjamin Sesko ("RB Zalcburg" - "RB Leypcig"), 19 yosh. Jismoniy ko'rinish jihatdan ham, kelib chiqqan klubi — "RB Zalcburg" bo'yicha ham Xolandga qiyoslanayotgan istiqbolli hujumchi 2023 yildan nemis klubi sharafini himoya qiladi.

2. Jamol Musiala ("Bavariya"), 19 yosh. Germaniyalik yosh futbolchi “Bavariya”ning yulduz futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

1. Jud Bellingem ("Borussiya Dortmund"), 19 yosh. Dortmundlik yosh yarim himoyachi o'ziga xos istedodi bilan hozirdanoq dunyoning top klublari nigohida turibdi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика