So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Bugun SHarjadagi stadionda Gulsanam Mamazoitova "kuylaydi" Yangiliklar

Bugun SHarjadagi stadionda Gulsanam Mamazoitova "kuylaydi"

BAA davlatida bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogi musobaqasida bugun o'zbekistonlik muxlislar uchun juda muhim kun. Bugun O'zbekiston o'ynaydi.

Vatanimizdan ko'plab muxlislar BAAga etib kelishgan. Qolaversa BAAda ishlab yoki o'qiyotgan ko'plab vatandoshlarimiz ham bugun SHarja shahriga etib kelishlari kutilmoqda. Bugun O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari o'zlarini xuddi  o'z maydonlarida o'ynagandek his qilishadi.

Bugungi kun o'zbekistonlik muxlislar uchun haqiqiy bayramga aylanadi. OFK Osiyo Kubogini muxlislar uchun qiziqarli, bayramdek o'tishi uchun astoydil harakat qilmoqda.

Bugun "SHarja" stadionida O'zbekiston - Ummon terma jamoalari uchrashuvi ham bayramdek o'tadi deb ayta olamiz. O'yindan oldin futbolchilar mashg'ulot o'tkazayotgan paytda, stadionda har ikki jamoa muxlislari uchun ularning sevimli sanatkorlari ijrosidagi qo'shiqlar qo'yiladi. O'zbekistonlik muxlislar Husniddin Xoliqov ijrosidagi "O'zbekiston", Gulsanam Mamazoitova ijrosidagi "Futbol", Yulduz Usmonova ijrosidagi "O'zbekiston" qo'shiqlarini tinglab raqsga tushishlari, birgalikda jo'r bo'lib kuylashlari mumkin bo'ladi.

SHuningdek tashkilotchilar uchrashuvning tanaffus vaqtida har ikki jamoaning eng faol muxlisiga o'zlarining esdalik sovg'asi, musobaqa to'pini sovg'a qilishadi. Bu sovg'a musobaqa homiysi hisoblangan "Continental" shinalar ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan taqdim qilinadi.

Yana bir yangilik uchrashuv bosh hakami o'yinni muxlislarning buyruqlariga qarab boshlaydi. Stadiondagi muxlislar stadion suxandoniga jo'r bo'lib ingliz tilida 10dan birgacha sanaydilar va bir deyilishi bilan hakam hushtagini chaladi. Ishoning bu juda ajoyib chiqadi.

Demak O'zbekiston - Ummon uchrashuvini stadiondan tomosha qilib ham zavq olish hamda sovg'aga ega bo'lish imkoniyati mavjud. Buning uchun esa futbolchilarimizni astoydil qo'llab - quvvatlash kerak bo'ladi. Bundan tashqari tashkilotchilar o'yin boshlanguncha ham stadion atrofida turli ko'ngilochar tadbirlarni uyushtirib, bu erda ham muxlislarga turli tuman esdalik sovg'alarni qo'lga kiritish imkoniyatni yaratishgan. Ha bugun jamoamiz g'alaba qozonsa bayram to'yga aylanib ketadi. Futbolchilarimiz ham muxlislarning bayram qilishlari uchun bor kuch va g'ayratlarini ishga solishlariga shubhamiz yo'q.

Olg'a O'zbekiston !!!

Akramjon Mamadaliev SHarjadan mahsus

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика