So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  1 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Bugun milliard evro sarflangan arena ochiladi Yangiliklar

Bugun milliard evro sarflangan arena ochiladi

Bugun, 3 aprel "Tottenxem" tarixida o'zgacha kun bo'lib esda qoladi.

"SHporlar" "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 31-tur o'yinini ochilishi bir necha marta qoldirilgan, milliard evro sarflangan, Londonning yangi sanat asari hisoblanayotgan "Tottenxem Xotspur stedium" arenasida o'tkazishadi. Bahsdan oldin ushbu stadion haqida sizga batafsil malumot berishga qaror qildik.

London klubining yangi arenasi jamoaning eski stadioni - "Uayt Xart Leyn" yonginasiga qurildi. Arena Londonning eng ko'p muxlis sig'dira oladigan (62 ming muxlis) stadioni hisoblanadi.

"Tottenxem Xotspur Stedium" loyihasi 2008 yilda taqdim etilgan, ammo turli kelishuvlar tufayli stadion qurilishi 2015 yilda boshlandi.


Arena quruvchisi MACE kompaniyasi bo'lib, ular London charxpalagi va Makaodagi The Venetian lyuks mehmonxona hamda kazinosini kabi mashhur inshootlarni qurib bitkazishgan.


Arxitektor - Populos kompaniyasi.  Yangi stadionga "Uayt Xart Leyn"da foydalanilgan bazi tablolar o'rnatilgan. "Tottenxem Xotspur Stedium"ning ichki umumiy hududi 119 945 kv. metrni tashkil qiladi. Arenaning shimoliy qismi 9 qavat, janubiy bo'lagi 5 qavatdan iborat.

Stadion ichiga 4ta yirik (2ta 190 kv. metrlik, 2ta 179 kv. metrlik) ekranlar o'rnatilgan. SHu bilan birga kompleks hududida turli hajmdagi 1800ta monitorlar mavjud.


"Tottenxem Xotspur Stedium" maydoni 105x68 metr. CHim Desso GrassMaster kompaniyasiga tegishli.

Tabiiy chim ostida suniy chim mavjud. Amerikancha futbol yoki koncertlar paytida suniy chimdan foydalaniladi, tabiiy chim esa stadion tashqarisiga olib chiqilmaydi.


Stadionda futbol o'yini, amerikancha futbol uchrashuvlari hamda koncertlar o'tkazilishi mumkin. Bir yil ichida arenada 16ta futbolga oid bo'lmagan tadbirlar o'tkaziladi. Ularning safiga 2ta amerikancha futbol uchrashuvi va 6ta koncert kiradi.

Stadion biror kompaniya arenaning nomi uchun huquqlari sotib olmaguncha "Tottenxem Xotspur Stedium" deb ataladi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика