So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  2 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  35 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   9 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  10 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

Bugun “Markaziy”da markaziy uchrashuv Yangiliklar

Bugun “Markaziy”da markaziy uchrashuv

Teglar :  LokomotivNasaf
Bugun Oliy liganing 21-turi markaziy uchrashuvi Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo'ladi. Unda “Nasaf” chempionat peshqadami “Lokomotiv” jamoasi bilan bahs yuritadi.

O'zPFL, 21-tur
“Nasaf” (Qarshi)  - “Lokomotiv” (Toshkent)
16.09.2017. “Markaziy” stadioni. Soat 18:45da
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Husniddin SHodmonov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi:  Igor Nexochin (Namangan)
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Bu uchrashuvning ahamiyati juda yuqori. “Nasaf” qanday bo'lmasin g'alaba qozonishi kerak. Bugun har ikkala jamoa uchun qiyin uchrashuv bo'lishini oldindan taxmin qilish  mumkin.

Ammo “Nasaf” uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi. Bu ozgina bo'lsada jamoaga kuch va ruh bag'ishlaydi.

Buni quyidagi natijalar ham aytib turibdi.

Mazkur jamoalar Qarshida shu paytgacha 12 marta o'zaro kuch sinashganlar. Bu uchrashuvlarning 8tasida qarshiliklar g'alaba qozongan, 3 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan, qolgan 1 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 39ta to'p kiritilgan, to'plar nisbati - 24-15ni tashkil etmoqda. Demak, to'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida.

“Nasaf” so'nggi bor “Lokomotiv”ni Qarshida 2015 yili kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. “Lokomotiv” jamoasi o'tgan yilgi Qarshidagi uchrashuvda 2:1 hisobida “Nasaf”dan ustun kelgan.

Qarshidagi  so'nggi besh uchrashuv natijalari.

2016 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”  1:2
2015 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”  1:0
2014 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”  2:5
2013 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”  2:1
2012 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”  0:2
 
Ishonamizki, bugungi markaziy uchrashuvda klub muxlislari har qachongidan faol bo'lishadi va “ajdarlar”ning safida 12-o'yinchi bo'lib, elkama-elka turishadi.

“Markaziy”dagi markaziy uchrashuvga marhamat qiling!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика