So’nggi yangiliklar

22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  0 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:46Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море". Асосий таркиблар маълум!  16 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  2 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  24 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  5 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  3

Ravshan Ermatov bilan duch kelgan mundialda maydonga tushish uchun pul to'lagan, "Atletiko Madrid" libosini kiygan hamda Armanistonda rekordlar qayd etgan "Nasaf"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Ravshan Ermatov bilan duch kelgan mundialda maydonga tushish uchun pul to'lagan, "Atletiko Madrid" libosini kiygan hamda Armanistonda rekordlar qayd etgan "Nasaf"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Teglar :  Yusuf OtubanjoNasaf
Shuningdek, u Evropa Konferenciyalar ligasining 2022/23 yilgi mavsumida guruh bosqichining eng chiroyli goliga mualliflik qilgan.

Yusuf Otubanjo 1992 yilning 12 sentyabrida Nigeriyada tavallud topgan. U dastlabki qadamlarini Emmanuel Amunike futbol akademiyasida tashlagan. Otubanjoning sevimli jamoasi "Manchester Yunayted" hisoblanadi. U Rud van Nistelroyni o'zining kumiri biri deb bilgan. Otubanjo bolaligida, Lagosdan 100 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Ijebu-Ode shahrida futbol o'ynayotgan kezlarida "Manchester Yunayted" tarkibida 95 ta gol urgan niderlandiyalik futbol afsonasining libosini kiyib yurgan. U ettita aka-uka va bitta opa-singilning eng kichigi bo'lib o'sgan. Otasi to'rt yoshida vafot etgan.

Men otamni bilmay o'sganman, lekin onam doimo yonimda bo'lgan. Ko'plab odamlar onamga kelib, menga futbol o'ynashga ruxsat berishini so'rashardi. U menga Ijebu Ode grammatika maktabiga borishga ham ruxsat berdi. U erda men maktab jamoasida, shuningdek, klub jamoasida o'ynardim.

O'rta maktabni tugatganimdan so'ng darhol "Yulius Berger"da sinov o'yinlarida qatnashdim. U paytda jamoa birinchi divizionda ishtirok etardi. Jamoaning mashg'ulot markazi Abeokutada, uy maydonimiz esa Apapa portida joylashgandi. Har kuni mashg'ulot uchun Lagosdan Abeokutaga borib kelishni tasavvur qilavering. Bu juda foydali tajriba bo'ldi va bularning barchasi meni kelajak safarlarga tayyorladi. U-17 saralash musobaqalariga borishdan oldin u erda bir muddat o'ynadim. Keyinchalik "Geytvey" jamoasiga qo'shildim, so'ngra "Kraun"ga o'tdim.

Otubanjo 2009 yil Nigeriyada o'tkazilgan U-17 Jahon chempionati kumush medali sohibiga aylangan "Oltin burgutlar" tarkibida bo'lgan. U nimchorak finalda Yangi Zelandiya va finalda Shveycariyaga qarshi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushgan. O'sha mundial davomida Nigeriya ishtirokidagi ikki o'yinni o'zbekistonlik sobiq hakam, hozirda O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan Ravshan Ermatov boshqarib borgan.

2009 yilda U-17 terma jamoasi qabul sinovlariga ikki marta qatnashdim, oxirgisi muvaffaqiyatli bo'ldi. O'sha paytdagi murabbiyni eslay olmayman, lekin u erga borganimda, meni boshqa o'yinchilar orasidan tanlab olishdi va bizga "Sizlar eng zo'rsizlar, ammo bizda boshqa jamoa bor, kerak bo'lganingizda sizga xabar beramiz" deyishdi. Shundan so'ng men Lagosga qaytdim. Iyul oyi atrofida, bizni jahon chempionatiga olib borgan Jon Obu navbatiga kelgunga qadar uch marta murabbiy almashgani bois, boshqa bir murabbiy chaqiruvi ostida yana lagerga bordim. Ikkinchi safar ism-sharifimiz va raqamlarimizni eng yaxshi 20 talik ro'yxatiga kiritishdi. Jon Obu boshqaruvni qo'lga olmaguncha bu ish amalga oshmadi. Meni qo'llab-quvvatlagan Jeyms Piter ismli odam ham bor edi. Abujaga saralash uchun borganimizda, asosiy jamoa Gambiyada bazi o'yinlar o'tkazayotgan edi. Ammo Jeyms bizni lagerda ushlab turdi va murabbiyga qo'ng'iroq qilib, unda yaxshi o'yinchilar borligini va asosiy jamoani engishimizga ishonchini bildirdi. Bir necha haftadan so'ng, ular qaytib kelishdi va biz ularga qarshi o'ynadik. Men gol urganim tufayli asosiy jamoaga qo'shilish uchun tanlandim. Biz lagerga qaytdik va ular 30 kishilik ro'yxat tuzishdi. Elon paytida 29 ta ism aytildi, lekin men o'z ismimni eshitmadim. Men 30-o'yinchi edim. Bu ajoyib voqea edi va aytishim mumkinki, Nigeriya terma jamoasida o'ynash faqat istedod bilan bog'liq emas. Istedoddan tashqari, homiylar, mablag' va aloqalar ham muhim rol o'ynaydi.

Men lagerga kech qo'shilganim sababli shunday deyishim mumkin, ammo murabbiyga turnirda menga biroz o'yin vaqti berishi uchun istalgan miqdorni to'lashga tayyor odamlar bor edi. Yig'inda o'yinchilarimiz bor edi va biz orqamizda kim turganini yoki bazilarimizga homiylik qilayotganini bilardik. Men-chi? Ijebu Odedan. Kim meni tanirdi? Hatto Julius Bergerdagi boshlig'im ham u erga borishimni qo'llab-quvvatlamadi. Bu juda qiyin vazifa edi, lekin menga yordam bera oladigan bir nechta odamlar bor edi. Menimcha, Jahon chempionatining nimchorak finalida Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda biz ularni 4:0 yoki 5:0 hisobida yutayotgan edik, keyin men taxminan 15 daqiqa hujumchi emas, yarim himoyachi sifatida o'ynadim. O'sha 15 daqiqadagi eng kulgili narsa shundaki, men o'ynashim uchun odamim 150 000 naira to'laganini bilib qoldim. Men shunchalik g'azablandimki, nega u menga shunchaki pulni bermay, 15 daqiqa o'ynashim uchun shuncha pul to'ladi, deb so'radim. Oxir-oqibat, bu gollar juda foydali tajriba bo'ldi, hatto 21 kishilik ro'yxatga kirishdan oldin sinovlarga kelgan futbolchilar sonini ham hisoblay olmadim.

Ular vadalarida turishganida juda yaxshi bo'lardi. U-17dan so'ng biz to'g'ridan-to'g'ri U-20 jamoasiga o'tdik, lekin buning sharti bor edi. Ular bizga yaxshi jamoada va nufuzli ligada o'ynashimiz kerakligini aytishdi. U-17dagi faoliyatni tugatgach, karerangizni davom ettirish va keyingi terma jamoaga qaytib kelish uchun yaxshiroq imkoniyatlarni izlay boshlaysiz. Aslida, ular U-20 paytida menga chalg'ituvchi malumot berishdi. Xudoga shukr, 2011 yilda "Atletiko Madrid"ga qo'shildim va mart oyida U-20 yig'ini boshlandi. Nigeriyaga o'z hisobimdan uchib bordim, ammo u erga etib borgach, murabbiy meni chaqirganiga qaramay, rejasiga kiritmaganini bildim. Ular kelishimni kutishmagan ekan. Parvozimga pul to'lashmadi, shuning uchun ularni kutmay ortga qaytishga majbur bo'ldim. Bu hali asosiy musobaqa emas, balki dastlabki bosqich edi va yig'indagi o'yinchilar katta jamoalarda o'ynashmasdi. Men ular bilan bemalol raqobatlasha olardim, ammo tarkibga ham kira olmadim.

Shunga qaramay, taslim bo'lmadim. Yosh futbolchi sifatida, vatanga bo'lgan muhabbatim va U-17dagi tajribam tufayli, mamlakat uchun yana ko'proq narsa qilishni istardim. Nigeriya terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmaganim juda achinarli. Biroq, U-23 terma jamoasida murabbiylar Ostin Iguavoen va Daniel Amokachi qo'l ostida imkoniyat topildi. Bu men uchun eng yaxshi tajriba bo'ldi. Milliy jamoada o'ynashning haqiqiy mohiyatini his qilgan yagona payt shu edi. O'shanda 20 yoshdagi o'yinchi bo'lsam-da, katta yoshli futbolchilar bilan birga o'ynadim va o'z uslubimni topdim.

Klublar miqyosida professional faoliyatimni "Atletiko Madrid"ning uchinchi jamoasida boshladim. Ikkinchi jamoa bilan shartnomam bor edi, lekin viza va shunga o'xshash masalalar tufayli bir yarim yil davomida uchinchi ligada o'ynashga to'g'ri keldi. Ispaniyada agentim yo'qligi tufayli muammolarga duch keldim. O'sha paytda uydagi agentim chet eldagi biror jamoa safiga yozilmasligimni, aks holda nonko'rlik qilgan bo'lishimni aytdi. Shu sababli Ispaniyani tark etishimga to'g'ri keldi, ammo La Ligada o'ynashni juda xohlardim, chunki ularning o'yin uslubi qiziqarliroq edi. Hayotda keyingi qadamlar qaerga olib borishini oldindan aytib bo'lmaydi.

Otubanjoning keyingi jamoasi ham o'z o'rniga ega edi – "Zalcburg".

Agentim menga: "Yusuf, sen Avstriyaga ketyapsan", dedi. Bir zumda o'zimni "Zalcburg" libosida ko'rdim. 

U "Bulls" jamoasi safida liganing atigi bitta o'yinida maydonga tushdi, so'ng tez orada o'zini ikki liga pastroq bo'lgan "Yuniors" jamoasiga ijaraga berildi. 2015 yil "Blau-Vayss" safiga qo'shilgan hujumchi 39 o'yinda 34 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoaning ikkinchi ligaga ko'tarilishida ulkan ishni amalga oshirdi. So'ngra Slovakiyaning "Jilina" klubiga qo'shilgan Otabanjo 2016/17 yilgi mavsum mamlakat chempioniga aylandi. U o'sha mavsum ligadi 18 o'yinda 8 ta to'p kiritib, titulga munosib hissa qo'shdi.

Keyinchalik Avstriyaning yana ikki klubi sharafaini himoya qilgan Otubanjo 2020 yil 23 yanvarda Armanistonning "Ararat" klubi bilan shartnoma imzoladi. Avvalgi mavsumda ligada kam imkoniyatga ega bo'ldim va yangi imkoniyatlarni kutayotgan edim. Shunda "Ararat" paydo bo'ldi va ushbu jamoaga qo'shilishga qaror qildim, chunki ular Armanistondagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Hech bo'lmaganda o'yin amaliyotiga ega bo'laman, yangi jamoam bilan o'yinimni qayta shakllantiraman va undan keyin yuqoriga ko'tarilishimiz mumkin.

"Ararat" jamoasida o'ynagan davrida u 77 ta o'yinda 28 ta gol urib, o'zining gol urish qobiliyatini namoyon etdi, bu esa "Pyunik" jamoasining etiborini tortdi. "Ararat" 2019/20 yilgi mavsum Armaniston chempioniga aylandi.

2022 yil 11 iyunda Otubanjo Armaniston Premer-ligasining boshqa bir jamoasi "Pyunik" bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik bitim muddatini ikki yilga uzaytirdi. Yusuf "Pyunik" bilan bir martadan mamlakat chempionligi va kumush medalini qo'lga kiritdi.

Otubanjo Evropa Konferenciyalar ligasida turning va guruh bosqichining eng chiroyli goli mukofotini qo'lga kiritgan dastlabki nigeriyalik bo'lib tarixga kirdi. U "Slovan Bratislava"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasiga ajoyib gol bilan hissa qo'shdi. Yusuf Otubanjo 2023 yilgi Armaniston Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Orzular ushaldi. Butun mavsum davomida meni qo'llab-quvvatlagan jamoadoshlarimga, murabbiylarimga va muxlislarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu mukofot faqat meniki emas; u menga ishongan va har kuni yanada yaxshiroq bo'lishimga turtki bergan barcha insonlarga tegishli.

Shuningdek, Yusuf Otubanjo Armanistonning eng sermahsul xorijlik to'purari sifatida tarixga kirdi. Otubanjo "Ararat" va "Pyunik" jamoalari safida jami 87 ta gol urdi va Markos Pizzelining rekordini yangiladi. Bundan tashqari, Armaniston chempionatida ikki mavsum to'purarlik maqomiga sazovor bo'ldi.

Futbol statistikaga asoslanadi va men jamoamga hissa qo'sha olayotganimdan mamnunman. Armaniston futbol o'ynash uchun qulay joy, chunki ko'p futbolchilar bu ligaga etibor qaratmaydi, lekin qaerda bo'lmang, futbol mavjud. Muhimi, o'zingizni qanchalik takomillashtirayotganingizdir, men aynan shu ishni qilmoqdaman. Agar siz o'yin vaqti va chempionlik zavqini his qilish imkoniyatini izlayotgan bo'lsangiz, Armaniston ajoyib joy. Biz Evropada ham o'ynaymiz va ligada g'alaba qozonish sizni Evropa Ligasiga olib chiqadi, bu esa men uchun afzallik yaratadi. Mamlakatda shunchalik uzoq qoldimki, bunday holat birinchi bor sodir bo'lmoqda. Odatda, boshqa mamlakatlarda ikki-uch yildan ortiq qolmaganman. Men Armanistonni o'zingizga bosim o'tkazmasdan va nima qilayotganingizni bilgan holda, xotirjam o'ynashingiz mumkin bo'lgan joy deb bilaman.

2025 yil 29 iyulda O'zbekistonning "Nasaf" klubi Yusuf Otubanjo bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

Salom, "Nasaf" muxlislari! Men ajoyib jamoa azosiga aylanganimdan xursandman. Biz tez kunda ko'rishamiz va birgalikda sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Jamoaning ajoyib muxlislari bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Ko'rishguncha!

Ilk o'yinida uyiga yig'lab ketgan, 15 yoshida terma jamoada debyut qilgan hamda samolyotda shug'ullangan "Neftchi" hujumchisi Silvanus Nimeli bilan yaqindan tanishamiz

G'ishtdan darvoza qurib o'ynagan, "Atletiko" maydonida eng yaxshi futbolchi deb topilgan hamda Ronaldudan jarima zarbasi tepishni o'rgangan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
31 iyu 16:47:04
BXZ BXZ
Насафга яхши мослашиб катта ёрдами тегсин омадини берсин ва Супер лигада интрига кучайсин . Пахтакор мухлиси .
+1   
31 iyu 05:40:25
Sodiq Nazarov
Насафга мослашиб Геворкян ва Станоевичларга ўхшаб етакчи бўлсин омад тилаймиз
   
31 iyu 16:57:21
Google User
Armanistonda 2 mavsum to'purar bo'pti, natija yomonmas. Lekin Gruziyada to'purar bo'lgan Marushich ham O'zbekistonda hech nima qila olmayapti. Omadini bersin!
   
31 iyu 06:10:00
MENTAL!ST
Maqola nomi "ozgina qisqa" bo'lib qolibdi. xD Maqolani umuman o'qimadim, faqat maqola nomini o'qiganim uchun maqolani prikol qilgani izoh yozgani keldim xolos. xD
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика