Manchester Evening News jurnalisti "Man Siti"ning Husanov bo'yicha rejalarini xabar qildi
01 avg 22:20
Yangiliklar
Manchester Evening News jurnalisti "Man Siti"ning Husanov bo'yicha rejalarini xabar qildi
"Manchester Siti"ning o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bo'yicha rejalari malum bo'ldi.
Jurnalist Simon Baykovskining takidlashicha, "shaharliklar" rahbariyati 21 yoshli O'zbekiston terma jamoasi azosini keyingi mavsum uchun tarkibda olib qolishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Husanovni joriy yilning yanvar oyida Franciyaning "Lans" klubidan sotib olgan edi. Himoyachi Angliya grandi libosida o'nta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Husanovning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik himoyachi bilan bir vaqtda klubga kelgan yana bir yosh mudofaa vakili Vitor Reis ijara asosida "Jirona"ga o'tishga yaqin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar