So’nggi yangiliklar

12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  0 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  1 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  1 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  2 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  3 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучли амбицияга эга клуб сафида тўп тепиш мен учун шараф”  5 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  7 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  26 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2

Bugun "Manchester Yunayted"ning kuni! Garnachoning "qaychisi" - APLda oy goli! Yangiliklar

Bugun "Manchester Yunayted"ning kuni! Garnachoning "qaychisi" - APLda oy goli!

Angliya Premer-ligasida noyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda.

"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho APLda oyning eng chiroyli goli muallifi bo'ldi. 26 noyabr kuni bo'lib o'tgan 13-tur doirasidagi "Everton"ga qarshi bahsda Garnacho Dalotning uzatmasidan keyin fantastik "qaychi" zarbasi bilan "Gudison Park"ni larzaga keltirgan edi.

Alexandro o'sha golni urgach fikrlarini shu tariqa ifoda etgandi: "To'g'risini aytsam, bunga ishonish qiyin. Qanday gol urganimni o'zim ko'rmadim. SHunchaki olomonning ovozini eshitdim va super gol urganimni his qildim. Hozircha noyabr oyi, lekin menimcha bu mavsumning eng chiroyli gollaridan biri".

"Manchester Yunayted" futbolchilari ushbu mavsum ikkinchi bor Premer-ligada oy goliga mualliflik qilishmoqda. Bundan oldin Brunu Fernandeshning "Byornli" darvozasiga havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan yo'llagan zarbasi sentyabr oyining eng chiroyli goli deb topilgan edi.


APLda oy goli sovrini 2016/2017 yilgi mavsumdan beri topshirib kelinadi. SHu vaqt mobaynida aynan "Manchester Yunayted" o'yinchilari ushbu sovrinni eng ko'p marta qo'lga kiritishgan - 7 bor.

SHu tariqa, "Manchester Yunayted" noyabr oyi laureatlarini qo'lga kiritish borasida treblga erishdi. Avvalroq Xarri Maguayr (oy futbolchisi) va Erik ten Xag (oy murabbiyi) ham etirof etilgan edi.

Alexandro Garnachoning "Everton" darvozasiga kiritgan va katta ehtimol "Pushkash" sovrini uchun ham asosiy nomzodlardan bo'ladigan golini quyidagi linkka kirib tomosha qilishingiz mumkin >>>>> Garnachoning goli.

Erik ten Xag - APLda tengsiz!

Memlar yulduziga aylangan Maguayr - APLda oy futbolchisi!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика