So’nggi yangiliklar

07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Bugun "majburiy tatil"dagi rekordchi Ignatiy Nesterov 36 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun "majburiy tatil"dagi rekordchi Ignatiy Nesterov 36 yoshga to'ldi

Futbolchilar, murabbiylar, soha mutaxassislari, umuman o'zbek futboliga aloqador insonlarni tavallud ayyomi bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, ko'plab rekordlar sohibi tajribali darvozabon, 13 karra mamlakat chempioni Ignatiy Nesterov o'zining 36 yoshini nishonlamoqda. Hech bir futbolchi Nesterov singari 13 marta O'zbekiston chempioni bo'lmagan. Bu borada ikkinchi o'rinda 12 ta chempionlik bilan Temur Kapadze boryapti. Server Jeparov 10 ta oltin medal bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Ignat qayd etgan bunday rekordlar hali bisyor. Bunga hali yana to'xtalamiz.



Ignatiy Nesterov 17 yoshida Samarqandning "Dinamo" klubi tarkibida O'zbekiston chempionati oliy ligasida debyut qilgan. Oradan bir yil o'tib, aniqrog'i 2002 yilda u orzusidagi klub - "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Nesterov bir yil ichida "Paxtakor"ning birinchi raqamli posboniga aylandi. Mutaxassislar uni "Paxtakor"ning barcha davrlardagi eng yaxshi besh nafar darvozaboni safiga kiritgan. Ignatiyning ism-sharifi Yuriy Pshenichnikov (1960-1967, 1972), Nikolay Lyubarcev (1966-1971, 1975-1976), Aleksandr Yanovskiy (1979-1986) va Pavel Bugalo (1992-1999) bilan bir qatorda etirof etiladi.

Bugungi kun qahramoni darvozabonlar orasida O'zbekiston chempionatlarida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. 17 yoshida oliy ligada debyut o'yinini o'tkazgan Nesterov 400lik marrani zabt etgan ilk darvozabonga aylangan. Ayni paytda uning hisobida jami 418ta uchrashuv bor. Mana shu o'yinlarning 221tasida u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.



Nesterov 5 ta Osiyo Kubogida maydonga tushgan qitaning yagona futbolchisi hisoblanadi. U 2004, 2007, 2011, 2015 va 2019 yillardagi qita Kubogida o'ynagan. Bunday natijaga sariq qitaning hech bir futbolchisi erishmagan. SHuningdek, Nesterov bu yil BAA yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi rekordini ham takrorladi. Gap shundaki, Osiyo Kubogida terma jamoamiz safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Timur Kapadze hisoblanardi. Uning hisobida 17 ta o'yin bor edi. Nesterov 1/8 final doirasidagi Avstraliyaga qarshi kechgan uchrashuvda 17-o'yinida maydonga tushdi. Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov hisobida 13 ta o'yin bor.

Osiyo Kuboklarida eng ko'p maydonga tushgan o'zbekistonlik futbolchilar:


Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov - 17 tadan o'yin
Server Jeparov - 15
Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov - 13
Aleksandr Geynrix - 12
Maksim SHackix, Sanjar Tursunov - 10
Vitaliy Denisov, Viktor Karpenko - 8

Bu hali hammasi emas. O'zbekiston kubogi finallarida eng ko'p ishtirok etgan darvozabon ham aynan Ignatiy hisoblanadi. Nesterov hisobida 11 ta final bor. U darvozabonlar orasida O'zbekiston kubogida g'olib chiqish bo'yicha rekordchi sanaladi. Nesterov 11 marotaba kubokni boshi uzra baland ko'targan. SHuningdek, tajribali posbon uchta jamoa ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv") safida kubok finalida o'ynagan va barcha klublari bilan O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan yagona darvozabondir. Ignatiy O'zbekiston kubogi finallarida o'z darvozasidan 10 ta gol o'tkazib yuborgan.



Denis Ivankov, terma jamoa darvozabonlari murabbiyi

- Avvalambor, Nesterovga kattadan-katta rahmat aytish lozim. Ignatiyga uning professionalligi, ishga bo'lgan munosabati, o'yinlari, seyvlari va Vatan uchun qilgan mehnatlari uchun tashakkur! Umid qilamanki, uning diskvalifikaciya muddati belgilanganidan kam bo'ladi. Nesterovning terma jamoadagi faoliyatini tugatish qarori alamli mag'lubiyatdan keyingi qizishib ketish natijasida aytilgan gap deb qabul qilaman. Hali shoshmaslik kerak. Balki ertaga hammasi boshqacha tus olishi mumkin. Har qanday holatda ham Ignatiy olqishlarga loyiq darvozabon. Fursatdan foydalanib, mehnatkash hamkasbimni bugungi tavallud ayyomi bilan O'zbekistondagi barcha darvozabonlar nomidan tabriklayman!



Malumot uchun, Ignatiy Nesterov faoliyati davomida “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009-2013), “Lokomotiv” (2014-2018), “Ohod” (Saudiya Arabistoni) jamoalari sharafini himoya qilgan.

Fursatdan foydalanib, Ignatiy Nesterovni bugungi tavallud ayyomi bilan saytimiz ijodiy guruhi hamda uning muxlislari nomidan muborakbod etamiz. O'ziga bog'liq bo'lmagan holda futboldan biroz yiroqda bo'lib turgan darvozabonimizga tezroq yashil maydonga qaytishini tilaymiz.


Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика