Bugun Jaloliddin Masharipov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytishi mumkin!
16 dek 2022 13:15
Yangiliklar
Bugun Jaloliddin Masharipov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytishi mumkin!
Bugun, 16 dekabr kuni Saudiya Arabistoni chempionati 9-turi doirasidagi "Al Raid" – "Al Nassr" bahsi o'tkaziladi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov to'p tepadigan "Al Nassr" klubi mehmonda "Al Raid" bilan bellashadi.
20:00 da boshlanadigan uchrashuvda uzoq tanaffusdan keyin yana safga qaytgan Masharipov yashil maydonda ko'rinish berishi mumkin. U oxirgi marta 2022 yilning 27 iyunida rasmiy maqomdagi o'yinda qatnashgan. O'shanda uning jamoasi "Al Fath" bilan bellashgan, Masharipov esa 1 ta gol urgandi.
SHundan keyin Masharipov jamoasining Ispaniyadagi yig'inida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Saudiya Arabistoni chempionati. 9-tur
"Al Raid" – "Al Nassr"
20:00. "Qirol Salmon Sport Siti"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar