So’nggi yangiliklar

20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  3 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  7 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  5 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  37 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0

Bugun futbol! “So'g'diyona” – “Neftchi” Yangiliklar

Bugun futbol! “So'g'diyona” – “Neftchi”

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Oliy liga-2017dagi yurishini bugun 7-tur doirasidagi “So'g'diyona”ga qarshi o'yin bilan davom ettiradi.

Kecha farg'onaliklar Jizzax shahriga etib kelishgan va bellashuv bo'lib o'tadigan stadionda o'yin oldi mashg'ulotlarni o'tkazishdi. Jizzaxda bugungalik o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori deb aytib o'tish mumkindir. O'tgan turda “Qizilqum” bilan safardagi durangdan ruhlangan jizzaxliklar bu turda o'z muxlislar ko'z o'ngida o'ynaydi. Albatta jamoamiz ham Jizzax shahriga o'z ishqibozlarini xushnud etadigan natijani ko'zlagan holda kelgan. SHunday ekan, bugun xar ikkala jamoa vakillari o'rtasida qizg'in raqobatga guvohi bo'lishimiz mumkin.

“Neftchi” hamda “So'g'diyona” oliy ligada 42 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 27tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan, 7ta o'yinda “So'g'diyona” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 90:32 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 89 ochkoni, “So'g'diyona” esa 30 ochkoni qo'lga kiritgan. “So'g'diyona”ning “Neftchi” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 2:0. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda jizzaxliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng.

O'tgan yili Farg'ona va Jizzahda  bo'lib o'tgan bellashuvlarda Davron Fayziev shogirdlari kichik hisobda g'alabaga erishishgan.


“So'g'diyona” – “Neftchi”
22 aprel. 2017. Jizzax. “So'g'diyona” stadioni. Soat: 18:00
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), R. Nugmanov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика