So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  9 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Buxoro" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Buxoro"

Bugun Superliganing 12-turidan o'rin olgan oxirgi ikkita bahs bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi. Bugungi bahsda ikki yosh murabbiyning o'zaro qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Malumki, No'mon Hasanov ham, Ulug'bek Baqoev g'alabaga chanqoq murabbiylar sirasiga kiradi. Ularning ikkalasi ham o'z ustida ishlaydiganlar toifasidan. 

Mana shu jihat ham bugungi o'yinning qiziq kechishiga sabab bo'lishi mumkin. Ustunlik borasida bir narsa deyish qiyin, har holda "Qo'qon-1912" o'z maydonida o'ynaydi, "Buxoro" esa safarda. Lekin buxoroliklar safarda ham yaxshi o'ynay olishadi. To'g'ri, bu jamoa oxirgi uchta turni mag'lubiyat bilan yakunladi, biroq bu hol bugungi o'yinda mehmonlarning kayfiyatiga tasir qilmasa kerak. 

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" qatorasiga 8ta (!) o'yindan beri yutqazmayapti. Jamoa shundan ikkitasida g'alaba qozongan va olti bor durang o'ynagan. Umuman olganda, qo'qonliklar Superliga klublari orasida eng ko'p durang qayd etgan jamoa bo'lib turishibdi. 

Yana bir malumot shuki, No'mon Hasanov jamoasi hozircha o'z maydonida yutqazmagan: ikki g'alaba va ikkita durang. Bundan tashqari, qo'qonliklar to'rtta o'yinda atigi bir marta gol o'tkazib yuborishgan. 

Fakt: "Qo'qon-1912" oxirgi ikkita o'yinni bir xil 1:1 hisobida yakunladi. 

"Buxoro" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa ham bu yil quvnoq o'yin namoyish etmoqda. "Buxoro" doim hujum qilishni xush ko'ruvchi jamoalardan biri. Bu tomonlama ikkala jamoa bir-biriga o'xshab ketadi. Ammo "Buxoro"ning oxirgi paytlarda o'yini qovushmayotgandek, negaki jamoa qatorasiga uchta o'yinda yutqazib qo'ydi. 

Bilasizmi? "Buxoro" 5-8 turlar orasida ketma-ket to'rtta g'alabaga erishib yaxshi natija qayd etdi. Ammo shundan so'ng qatorasiga uch mag'lubiyat boshlandi. 

Fakt: "Buxoro" hozircha safarda beshta o'yin o'tkazib, faqat bittasida g'alaba qozongan. To'rtta o'yinda mag'lub bo'lgan. "Buxoro"ning hozircha yagona bo'lib turgan g'alabasi "Neftchi" ustidan qo'lga kiritilgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика