Ten Xag "Manchester Yunayted" mashg'ulot bazasida baland devor qurdirdi. U mashg'ulotlarini begona ko'zlardan berkitmoqchi
09 okt 2024 21:38
Yangiliklar
Ten Xag "Manchester Yunayted" mashg'ulot bazasida baland devor qurdirdi. U mashg'ulotlarini begona ko'zlardan berkitmoqchi
Klub devor uchun 200 ming funt sarfladi.
"Manchester Yunayted" klubi mashg'ulotlar bazasida katta devor qad rostladi. Bunga sabab jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag mashg'ulot jarayonini sir tutmoqchi.
Daily Mail nashrining yozishicha, ushbu devor aynan bosh murabbiyning so'roviga ko'ra qurilgan. Murabbiy begona ko'zlar mashg'ulotlar bazasiga tushishini istamayapti.
Katta oq devorni ikki hafta oldin qurishdi. Bu uchun "Man Yunayted" 200 ming funt sarflagan.
Devorning narxi MYU klubi xodimlari o'rtasida norozilikni keltirib chiqargan. CHunki klub ushbu mavsum boshida ortiqcha xarajatlarni qisqartirish baxonasida 250 nafar xodimni ishdan bo'shatgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar