So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  3 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

Teglar :  LokomotivQizilqum
Bugun Oliy liganing 28-tur uchrashuvlari doirasida "Lokomotiv" safarda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.
Turnir jadvalidagi o'rni: "Lokomotiv" 1-o'rinda (65 ochko), "Qizilqum" 6-o'rinda (44 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 21 ochko.

Tarif: Bu o'yinda "Lokomotiv"ga g'alaba juda zarur. CHunki jamoaning chempionlik masalasini hal qilishiga oz qolyapti. SHu bois "temiryo'lchilar"ning qolgan o'yinlarda ochko yo'qotishga haqlari yo'q. Agar "Lokomotiv" navbatdagi ikki uchrashuvda ("Qizilqum" va "Metallurg" bilan) g'alaba qozonsa, oxirgi tur o'yinidan oldin o'z tarixida ilk marta chempionlikni rasmiylashtiradi.

O'z navbatida "Qo'zilqum" uchun ham "Loko" bilan kechadigan bahs jiddiy ahamiyat kasb etadi. Negaki navoiyliklar mavsumni yuqori beshtalikda tugatishga harakat qilishyapti. Qolaversa, "Qizilqum"ni hozirda o'zidan bir pog'ona tepada turgan "Paxtakor" bilan bir ochko ajratib turibdi. Mana shularni hisobga olib bugun Navoiyda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda deya olamiz.

Fakt: "Qizilqum" ikkinchi davrada 21 ochko to'pladi. "Lokomotiv" esa 26 ochko yig'gan. "Qizilqum" mavsum boshidan beri o'z maydonida o'tkazilgan bellashuvlarning 6 tasida g'alaba qozongan. SHuningdek, olti bor durang o'ynab, faqat bir marta yutqazgan. Jamoa 7-turda "Buxoro"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 22-14.

Fakt: "Lokomotiv" safarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, shundan sakkiztasida g'alabaga erishdi. Uch bor durang o'ynab, ikkita bahsda mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 31-16. Hozirda "Lokomotiv" va "Bunyodkor" safar o'yinlarida eng kam yutqazgan jamoalar bo'lib turishibdi. Ikkala jamoa ham ikkitadan uchrashuvda mag'lub bo'lgan.

Fakt: O'tgan yil Navoiyda kechgan bahsda "Lokomotiv" 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Birinchi taymda Marat Bikmaev va Sanjar SHoahmedov tomonidan kiritilgan gollar yakunda "temiryo'lchilar"ga uch ochko taqdim etgan.

Fakt: "Qizilqum" oxirgi uchta uy uchrashuvida durang o'ynadi. ("Bunyodkor" 0:0, "Nasaf" 3:3, "Qo'qon-1912" 1:1). "Lokomotiv" oxirgi uchta safar uchrashuvidan bittasida g'alaba qozondi va ikki bor mag'lub bo'ldi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика