Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"
27 may 2022 11:34
Yangiliklar
Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"
Bugun "Lokomotiv" "Navbahor" mehmoni bo'ladi. Namangandagi Markaziy stadionda kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi.
Turnir jadvalida "Navbahor" 17 ochko to'plagan holda 5-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 10-6. "Lokomotiv" esa 12 ochko bilan 7-pog'onani egallab turibdi. "Temiryo'lchilar"da to'plar nisbati 11-13.
SHu paytgacha 9 bellashuvda maydonga tushgan "Navbahor" shundan beshtasida g'alaba qozonib, ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa o'z maydonida 5ta o'yin o'tkazib, "Nasaf" va "Neftchi" bilan durang o'ynadi, "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor"ni mag'lub etgan bo'lsa, "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugungi bahs "Lokomotiv"ning safardagi 6-uchrashuvi bo'ladi. SHu paytgacha safarda besh bor maydonga tushgan "temiryo'lchilar" "Qizilqum", "Bunyodkor", "Dinamo"ga imkoniyatni boy bergan holda "Neftchi" bilan "Olimpik"dan ustun kelishdi. "Loko"ning safardagi oxirgi ikkita o'yini g'alaba bilan yakun topgan.
27 may, juma. 19:00
NAVBAHOR – LOKOMOTIV
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
Komissar: Jamshid Imamov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar