So’nggi yangiliklar

20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  10

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Andijon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Andijon"

Bugun Superliganing 3-tur bahslariga start beriladi.

Kun tartibidan bitta o'yin o'rin olgan. Amaldagi chempion "Lokomotiv" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Aslida bu uchrashuv 5 aprel kuni Andijonda o'tkazilishi lozim edi, biroq stadion mavsumga to'liq tayyor bo'lmagani bois uchrashuv Toshkentga ko'chirildi hamda 4 aprelga belgilandi. Endi "Lokomotiv" mezbon sifatida to'p tepadi. 

"Lokomotiv" stadionida kechadigan bellashuv soat 18:00da start oladi. SHu o'rinda o'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qiladigan bo'lsak, har ikki jamoa 2004 yildan beri O'zbekiston milliy chempionati doirasida 20 marta to'qnash kelgan. 

Bu o'yinlarning 13tasida "Lokomotiv" zafar quchgan, 4 marta "Andijon" g'alaba qozongan va 3 bor durang qayd etilgan. "Andijon"ning to'rtta g'alabasidan uchtasi o'z maydonida va bittasi safarda qo'lga kiritilgan. "Lokomotiv" esa o'z uyida 9ta va safarda 4ta o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritgan. To'plar nisbati bo'yicha ham umumiy ko'rsatkich "Loko" foydasiga 37-21. 

"Lokomotiv"ning "Andijon" ustidan eng yirik g'alabasi ikki bor qayd etilgan. "Temiryo'lchilar" Toshkentda 2004 yil 5:1 va 2014 yil 4:0 hisobida zafar quchishgan. "Andijon" hisobidagi yirik g'alaba esa bitta, 2006 yil bu jamoa o'z uyida 5:0 hisobida raqibini mag'lub etgan. Uchta durangdan ikkitasi 2:2 (2008, 2009) va bittasi 1:1 (2012) hisobida yakun topgan. 

SHu paytgacha o'tkazilgan o'zaro o'yinlarda "Lokomotiv" jami 42 ochkoni qo'lga kiritgan. "Andijon" esa 15 ochkoli bo'lgan. Jamoalar oxirgi marta 2016 yil o'zaro bahs olib borishgan va bunda "Lokomotiv" har ikkala uchrashuvda raqibidan bir xil 3:1 hisobida ustun kelgan. 

Bu yil hisobidan "Lokomotiv" dastlabki turni mag'lubiyat bilan boshladi. Jamoa "Paxtakor"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keyingi turda esa o'z maydonida "Navbahor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. "Andijon" hozircha ikki marta durang o'ynadi. Eldor Sakaev shogirdlari ilk turda "Qizilqum" bilan 1:1, undan keyin "Qo'qon-1912" bilan 0:0 o'ynashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика