So’nggi yangiliklar

14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  0 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  5 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5

Bugun futbol. "Buxoro" - "SHo'rtan" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "SHo'rtan"

Teglar :  BuxoroSHo'rtan
Bugun Buxoro shahrida oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "SHo'rtan" bahsi bo'lib o'tadi. O'yin 18:00da start oladi.


Buxoro (Buxoro) – SHo'rtan (G'uzor)
6 may 2017. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Mametov.

O'yin oldidan: Bugun "SHo'rtan" safarda faqat g'alabani ko'zlab harakat qilsa kerak. CHunki hozircha safar o'yinlarida uch ochko qo'lga kiritilgani yo'q. O'z navbatida "Buxoro" ham o'z muxlislari qarshisida g'alaba uchun kurash olib boradi.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Buxoro" 13 ochko bilan 7-o'rinni, "SHo'rtan" esa 9 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi. Jamoalarni hozircha to'rt ochkolik farq ajratmoqda.

Fakt:
Bugun "Buxoro" o'z maydonida beshinchi uchrashuvini o'tkazadi. Jamoa avvalgi to'rt bellashuvning faqat ikkitasida g'olib chiqqan. Buxoroliklar uyda "Olmaliq" va "Neftchi"ni mag'lub etgan holda "Obod"ga imkoniyatni boy berishgan, shuningdek "Mashal" bilan durang o'ynashgan.

Fakt: "SHo'rtan" safardagi uchta o'yinning hammasida mag'lub bo'lgan. Dastlab "Dinamo"ga, keyingi o'yinlarda esa "Metallurg" va "Navbahor"ga imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati 2-8.

Bilasizmi? "SHo'rtan" oliy liga klublari orasida safar o'yinlarida hali birortayam ochkoni qo'lga kiritmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Uch o'yin - uch mag'lubiyat.

Esingizdami? O'tgan yil Buxoroda kechgan mazkur jamoalar ishtirokidagi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchishgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика