Bugun "El Klasiko". Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasi
01 mar 2020 12:57
Yangiliklar
Bugun "El Klasiko". Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasi
Odatga ko'ra, ushbu o'yin atrofidagi malumotlarni berishda davom etamiz.
Demak, "Real" va "Barselona" tarixda o'zaro 202 marta o'zaro to'qnash kelishgan. 83 o'yinda "Real", 79 bahsda esa "Barselona"ning qo'li baland kelgan. 40 uchrashuvda esa g'olib aniqlanmagan.
Birinchi davradagi o'yin zerikarli o'tgani va 0:0 hisobida yakunlanganini hamma eslasa kerak. Balki bunga o'sha paytda Kataloniyada bo'layotgan mojarolar ham sabab bo'lgandir.
331 bora "Barselona" darvozasi ishg'ol etilgan bo'lsa, 319 marta "Real" postiga yo'l topilgan.
O'tgan mavsum "Santyago Bernabeu"da o'tgan bahsda Ivan Rakitichning goli "Barselona"ga 3 ochko keltirgandi.
Qayd etish kerak, "Barselona" "Real" maydonidagi so'nggi 4 o'yinning barchasida g'alabaga erishgan:
02.03.2019 Real Madrid - Barselona 0:1
23.12.2017 Real Madrid - Barselona 0:3
23.04.2017 Real Madrid - Barselona 2:3
21.11.2015 Real Madrid - Barselona 0:4
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar