So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Bugun ECHL. Angliya derbisi prevyusi: "Siti" vaziyatdan chiqib keta oladimi? Yangiliklar

Bugun ECHL. Angliya derbisi prevyusi: "Siti" vaziyatdan chiqib keta oladimi?

Bugun Evropa chempionlar ligasining dastlabki yarim finalchilari aniqlanadi.

"Manchester Siti" (Angliya) – "Liverpul" (Angliya) 
Manchester, "Etixad". 23:45
Hakamlar: Antonio Mateu Laos (Ispaniya).
Diskvalifikaciya:
Jordan Xenderson ("Liverpul")
Jarohatlanganlar: Jon Stounz (so'roq ostida), Benjamen Mendi - Muhammad Saloh, Endryu Robertson, Alberto Moreno (barchasi so'roq ostida), Jo Gomes, Adam Lallana, Joel Matip, Emre Jan.

ECHL pley-offlari tarixida faqatgina ikki marta birinchi uchrashuvda uch to'p farqi bilan mag'lub bo'lgan jamoa, javob uchrashuvida o'ziga kerakli natijani qo'lga kiritgan. SHularning so'nggisi yodingizda: "Barselona" - PSJ 6:1.

ECHL. “Liverpul” “Manchester Siti”ni tor-mor etdi

"Manchester Siti" ham shularning qatorida bo'lishi mumkinmi? Bu mavsumda "Manchester Siti" o'z maydonida "Liverpul" bilan uchrashuvda 5:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bu g'alaba "Siti"ning "Liverpul" bilan o'tkazgan so'nggi 9 uchrashuvdagi yagona g'alabasi bo'lib turibdi. O'shanda Yurgen Klopp jamoasi bir kishi kam bo'lib o'ynagandi, shu boisdan raqiblariga har tomonlama yutqazgandi.

Pep Gvardiola shogirdlari so'nggi ikki uchrashuvda 3 to'p o'tkazgan holda mag'lub bo'ldi. Bu esa futbolchilarning ruhiyatiga jiddiy tasir o'tkazishi aniq.

TAXMINIY TARKIBLAR

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

Angliya. Liverpul. "Enfild". 50685 tomoshabin

"Liverpul" (Angliya) - "Manchester Siti" (Angliya) 3:0 

Gollar: Saloh 12, Oksleyd-CHemberlen 20, Mane 31 

"Liverpul" (Angliya): Karius, Lovren, van Deyk, Robertson, Arnold, Saloh (Veynaldum 52), Milner, Oksleyd-CHemberlen (Moreno 85), Xenderson, Mane, Firmino (Solanke 71) 

"Manchester Siti" (Angliya): Ederson, Otamendi, Uoker, Lyaport, Kompani, Silva, Gyundogan (Sterling 57), De Bryuyne, Sane, Fernandino, Jezus.

Ogohlantirish: Xenderson 86 - Otamendi 45+3, Jezus 76, De Bryuyne 80, Sterling 90+2.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 180 uchrashuv o'tkazishgan. SHularning 88tasida mersisaydliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 45 bahsda "shaharliklar"ning qo'li baland kelgan. 47 uchrashuvda durang qayd etilgan. "Liverpul" 320, "Manchester Siti" 237 gol kiritgan.

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

31 dekabr 2016 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 1:0

19 mart 2017 yil. "Manchester Siti" - "Liverpul" 1:1

9 sentyabr 2017 yil. "Manchester Siti" - "Liverpul" 5:0

14 yanvar 2018 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 4:3

4 aprel 2018 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 3:0

FAKTLAR

- "Liverpul" to'rt marta ECHL pley-off bosqichini 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagan va barchasida keyingi bosqichga o'tgan.

- "Liverpul" evrokuboklar doirasidagi so'nggi 17 safar uchrashuvida faqatgina to'rt marta g'alabaga erishgan (8 durang, 5 mag'lubiyat).

- "Siti" 1970/71 yilda Evropa kubogidan keyin pley-offda birinchi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng keyingi bosqichga o'ta olmagan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика