So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  0 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  5 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  4 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

Bugun boshlanadi. Braziliya - Xorvatiya. Prevyu Yangiliklar

Bugun boshlanadi. Braziliya - Xorvatiya. Prevyu

Bugun JCH-2014ning ochilish uchrashuvi Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Braziliyadagi mundialning ilk o'yinini, chempionat boshlashini futbol ishqibozlari kutib turishibdi. Garchi, “Korintians” stadionida qurilish ishlari to'liq yakunlangan bo'lishiga qaramay, bu holat ochilish marosimi va birinchi bahsga salbiy tasir ko'rsatmasligi haqida takidlab o'tilmoqda. Bugun tushga qadar stadionda barcha narsa muhayyo etilishiga tashkilotchilar vada berishgan.

O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, unda Braziliyaning imkoniyati yuqoriroq baholanyapti. CHunki mezbon har qanday holatda ham mezbon, unga muxlislar va vatan ko'magi sezilib turadi. Lekin Xorvatiyaning shunchaki taslim bo'lishini kutish ham mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Niko Kovach shogirdlari bugun syurpriz taqdim etishga harakat qilishadi. Bizni keskin uchrashuv kutib turganiga shubha qilmasak bo'ladi.

Braziliyaning oxirgi o'rtoqlik o'yinida himoyadagi muammolar yaqqol ko'zga tashlandi. Xorvatlar qarshi hujumlarda juda yaxshi o'ynashadi. Skolari oldida aynna shu kamchilikka barham berish vazifasi turibdi. Mehmonlar esa doimgidek pressing va tezkor harakatlarga asoslangan o'yinlarini namoyish etishsa kerak.

Braziliyada darvozani Julio Sezar egallashi, himoyada Marselo, David Luiz, Tiago Silva va Dani Alvesh maydonga tushishi kutilyapti. Ehtimol, himoya markazida Dantega joy topilib qolar. Yarim himoya markazida Paulino va Luis Gustavo, oldinroqda Oskar, qanotlarda Neymar va Xalk o'ynasa, hujumda Fred to'p tepadi. Agar Skolari keskin o'zgarishlarga qo'l urmasa.

Niko Kovach esa darvozani qo'riqlashni “Rostov” posboni Pletikosaga topshirishi 99 foizga aniq. Himoyada Vrsalko, CHorluka, Lovren va Srnaning o'ynashi taxmin qilinmoqda. Pranichda jarohat bor, Strinich JCHdan chetda qolib ketishgan. Xorvatlarning yarim himoyasiga esa grand termalar ham havas qilsalar arziydi. “Desima” asoschilaridan biri Modrich, Evropa Ligasi g'olibi Rakitich va “Inter” kelajagi Kovachich. Hujumchilar yaqin hududda Perishich, Eduardo va Elavich harakat qilishi mumkin. Balki, ulardan biri o'rniga Olich maydonga tushar. Mehmonlardan Manjukich saralash bahslarida olgan qizil kartochkasi tufayli o'ynay olmaydi.

Bu jamoalar 2006 yilgi mundial guruh bahslarida ham to'qnash kelishgandi. O'shanda Kakaning yagona goli evaziga “Selesao” zafar quchgandi.

Faktlar

Mezbon jamoa JCHlar tarixida birinchi o'yinni yutqazmagan. 14 g'alaba va 6 durang qayd etilgan.

Braziliya ochilish bellashuvida Meksikani 1950 yil 4:0 hisobida mag'lub etgan.

Braziliya barcha mundiallarda ishtirok etayotgan yagona jamoa bo'lib qolmoqda.

Braziliya oxirgi marta JCH guruh bosqichida 1998 yil Norvegiyaga 1:2 hisobida yutqazgan. Gruuhda oxirgi 9  uchrashuvning 8tasida g'alaba qozongan.

Xorvatiya JCHda 13 bahsda 11 to'p o'tkazib yuborgan. Har bir bellashuvga o'rtacha 0,85tadan. Ushbu mundialda qatnashayotgan jamoalar orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich aynan xorvatlarga tegishli.

BRAZILIYA – XORVATIYA

San Paulo. “Korintians” stadioni. 01:00.

Bosh hakam: Yuichi Nishimura (Yaponiya).

Taxminiy tarkiblar

Braziliya: Julio Sezar, Marselo, David Luiz, Tiago Silva, Dani Alvesh, Paulino, Luis Gustavo, Oskar, Neymar, Xalk, Fred.

Xorvatiya: Pletikosa, Vrsalko, CHorluka, Lovren, Srna, Modrich, Rakitich, Kovachich, Perishich, Eduardo, Elavich.

Diskvalifikaciya: Manjukich (Xorvatiya).

Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика