Bugun Angliya Liga Kubogi finali bo'lib o'tadi
26 fev 2023 09:05
Yangiliklar
Bugun Angliya Liga Kubogi finali bo'lib o'tadi
Bugun, 26 fevral kuni hisob bo'yicha 63-marotaba o'tkazilayotgan Angliya Liga Kubogining hal qiluvchi bahsi bo'lib o'tadi.
Final “Uembli” stadionida “Nyukasl Yunayted” hamda “Manchester Yunayted” o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Malumot o'rnida, Liga Kubogi finaliga 9 marta chiqib, 5 bor muvaffaqiyatga (1992, 2006, 2009, 2010, 2017) erishgan. Ularning raqibi esa faqatgina bir bor 1976 yil hal qiluvchi bahsda qatnashib, mag'lubiyatga uchragandi.
“Qizil iblislar” safida Donni Van de Bek, Meyson Grinvud, Antoni Marsyal, Kristian Eriksen uchrashuvda qatnashmaydi. Markus Reshfordning ishtiroki esa so'roq ostida.
“Nyukasl Yunayted”dan darvozabonlar Martin Dubravka va Nik Poup hamda himoyachi Emil Kraft finalni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Jo Uillokning ishtiroki so'roq ostida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar