So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Bugun 18:00. O'zbekiston - Eron Yangiliklar

Bugun 18:00. O'zbekiston - Eron

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Eron terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'zbekiston va Eron terma jamoalari hozirga qadar 10 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Katta ustunlik raqiblarimiz tomonida. Eron 8 marta g'alabaga erishgan. Bir marta durang qayd etilgan va bir marta O'zbekiston g'alaba qozongan. Forslar o'zaro o'yinlarda 13ta gol urishgan, vakillarimiz esa ikki bor Eron darvozasiga yo'l topa olishgan xolos.

Vadim Abramov championat.asia saytiga o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi. Eron bosh murabbiyi Dragan Skochich esa Eron OAVga intervyu berdi.

Bugungi bahsda terma jamoamizga yig'inga chaqiruv olgan Oston O'runov, Egor Krimec, Jamshid Iskanderov, Oybek Bozorov va Husniddin Aliqulov turli sabablarga ko'ra yordam bera olishmaydi.



O'zbekiston terma jamoasining Eron bilan o'yin uchun futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Rahimjon Davronov ("Mashal")

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Holmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Jasur Yaxshiboev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeev ("Paxtakor").



Kecha "Paxtakor" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazildi. Unda dastlab O'zbekiston terma jamoasi, so'ngra Eron terma jamoasi shug'ullandi.



Eron terma jamoasining O'zbekiston bilan o'yin uchun futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
: Amir Abedzade ("Maritimu", Portugali), Payam Niazmand ("Sepaxon"), Rashid Mazaheri ("Istiqlol").

Himoyachilar: Majid Hossaeyni ("Trabzonspor", Turkiya), Hosseyn Kanaanizadegan ("Persepolis"), SHoja Xalilzade ("Persepolis"), Aref Golami ("Istiqlol"), Sadeg Moharami ("Dinamo Zagreb", Xorvatiya), Milad Mohammadi ("Gent"), Mojtaba Najarian ("Fulad"), Siamak Nemati ("Persepolis").

Yarim himoyachilar: Haji Saif ("Traktor"), Ali Karimi ("Istiqlol"), Ahmad Nurullahi ("Persepolis"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Ali Golizade ("SHarlurea", Belgiya), Saman Goddos ("Brentford", Angliya), Mehdi Gaedi ("Istiqlol"), Vohid Amiri ("Persepolis"), Mehdi Torabi (jamoasiz).

Hujumchilar: Sardor Azmun ("Zenit", Rossiya), Mehdi Taremi ("Portu", Portugaliya), Kaveh Rezai ("SHarlerua", Belgiya).




O'zbekiston - Eron uchrashuvi 8 oktyabr kuni soat 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 



Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика