Brunu Fernandesh: "Inesta nima uchun "Oltin to'p" olmaganini tushunmayman"
04 may 2020 22:55
Yangiliklar
Brunu Fernandesh: "Inesta nima uchun "Oltin to'p" olmaganini tushunmayman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Barselona" sobiq azosi Andres Inestaning o'yinlaridan zavq olganini tan oldi.
"Menga Inestaning o'yini yoqardi. Andres dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan. G'alati, u butun faoliyati davomida "Oltin to'p" olmagan. Uning qo'lga kiritgan yutuqlarini inobatga olsak, men uchun buni tushunish qiyin", - deya Fernandeshning so'zlarini keltirdi MYU rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Inesta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun eng yaqin kelgan vaqt 2010 yil bo'lgan. O'shanda u uncha katta bo'lmagan farq bilan "Barselona"dagi jamoadoshi Lionel Messidan ortda qolgan va ikkinchi bo'lgan. 2012 yilda esa Messi va Ronaldudan so'ng uchinchi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar