Brunu Fernandesh: "Bu qizil kartochka emas"
29 sen 2024 23:39
Yangiliklar
Brunu Fernandesh: "Bu qizil kartochka emas"
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh "Tottenxem" (0:3)dan uchralgan mag'lubiyat va o'ziga qizil kartochka ko'rsatilgani haqida gapirdi.
Portugaliyalik yarim himoyachi o'yinning 42-daqiqasida chetlashtirildi. "SHporlar" o'sha paytda minimal hisobda oldinga borayotgandi.
"Bu intervyuni berishni xohlayotgandim, sababi qizil kartochka olganim jamoaga pand berdi. Jamoa xarakter, chidamlilik va matonat ko'rsatdi. Bu qiyin edi, ammo ular harakat qilishdi.
Bu hech qanaqasiga qizil kartochka deb hisoblamayman. Bu qoida buzilishi, ammo chetlatish emas. Hakam menga oyog'imning tishlarini ilib olganimni aytdi, ammo bu noto'g'ri. Agar hakam qarshi hujum buzilgani sabab sariq ko'rsatmoqchi bo'lganida, bunga so'zsiz rozi bo'lardim. Ammo, bundan ortiq emas", – dedi Fernandesh.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar