Breaking! Abbos Fayzullaev Turkiya klubidan taklif oldi
19 iyu 17:52
Yangiliklar
Breaking! Abbos Fayzullaev Turkiya klubidan taklif oldi
O'zbekiston terma jamoasi va CSKA klubi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Ertan Syuzgyun xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Istanbul Bashakshehir" Fayzullaev transferi bo'yicha Moskva klubiga rasmiy taklif bilan chiqqan.
21 yoshli Fayzullaev o'tgan mavsum CSKA tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Transfermarkt portali uni 8 million evroga baholagan.
Avvalroq "Istanbul Bashakshehir" "Roma" bilan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bo'yicha muzokara olib borayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar