Braziliya chempionatida "jarohat olgan" futbolchini raqib o'yinchisi maydondan sudrab olib chiqib tashladi
05 mar 2024 21:42
Yangiliklar
Braziliya chempionatida "jarohat olgan" futbolchini raqib o'yinchisi maydondan sudrab olib chiqib tashladi
Qizg'in kurashlar ostida kechgan uchrashuvning ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan oltinchi daqiqada keskinlik yuzaga keldi. Mezbonlar hisobni tenglashtirishga astoydil urinayotgan bir paytda (jamoa o'shanda 2:3 hisobida mag'lub bo'lgandi) “Botafogo” futbolchilaridan biri “jarohat oldi” va vaziyatdan foydalanib, qimmatli daqiqalarni o'tishi uchun maydonga yotib oldi.
Mezbon jamoa o'yinchilari bundan xursand bo'lishmadi va imkon qadar vaqtni tejashga urinib, uchrashuv davom etishi uchun "Botafogo" futbolchisini maydondan sudrab chiqarishdi.
“Botafogo” futbolchilari esa shifokorlar maydonga tushishi va o'yinni to'xtatish uchun sherigini yana maydonga qaytarishdi.
Bahsli vaziyatdan so'ng bellashuv davom etdi va yakunda mehmonlar 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar